Markaziy bank asosiy stavka o‘zgarishining subsidiya asosida ajratilgan ipoteka kreditlariga ta’sirini ma’lum qildi.
Prezident qaroriga ko‘ra, Moliya vazirligi tomonidan banklarga ipoteka uchun ajratiladigan resurs mablag‘lari bo‘yicha foiz stavkalarini 2022 yil yakuniga qadar, istisno tariqasida, amaldagi foiz stavkalarida saqlab qolinishi belgilangan.
Bu esa, o‘z navbatida, banklar tomonidan aholiga birlamchi uy-joy bozoridan xonadon sotib olishi uchun ajratadigan ipoteka kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari joriy yil yakuniga qadar o‘zgarmasligini anglatadi.
Ilgari olingan ipoteka kreditlari shartlari esa mijoz va bank o‘rtasida tuzilgan shartnoma asosida belgilanadi. Agar shartnomada ipoteka krediti bo‘yicha foiz stavkasi asosiy stavkaga (qayta moliyalashtirish stavkasiga) bog‘langan bo‘lsa, asosiy stavka o‘zgarishi foiz stavkalarining ham o‘zgarishiga olib keladi.
Yil boshidan beri ipoteka kreditlarining moliyalashtirish manbalari quyidagicha bo‘ldi:
- Moliya vazirligi — 2,27 trln so‘m;
- Bank o‘z mablag‘lari — 508,3 mlrd so‘m;
- Ipotekani qayta moliyalashtirish manbalari — 40,7 mlrd so‘m.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Toshkentda vafot etgan rossiyalik jurnalist ishiga doir qo‘shimcha ma’lumot