19:47 / 22.04.2022
1 994

Jizzaxlik cho‘pon ikki nafar sherigini pichoqlab o‘ldirdi

Jizzaxlik cho‘pon ikki nafar sherigini pichoqlab o‘ldirdi
Uch nafar cho‘pon spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘zaro janjallashadi, ulardan biri ikki sherigini o‘ldiradi va voqea joyidan qochib ketadi. Bu haqda Jizzax viloyati prokuraturasi axborot xizmatining xabar berdi.

Qayd etilishicha, 2022 yil 13 aprel kuni Forish tumanidagi «Egizbuloq» MFYga qarashli Ko‘ktepa hududidagi fermer xo‘jaliklarining biriga qarashli cho‘pon uyida uch nafar cho‘pon o‘rtasida boshlangan janjal qotillik bilan tugagan.

Cho‘ponning uyida vaqtincha yashab, cho‘ponlik qilib kelayotgan, 1977 yilda tug‘ilgan fuqaro M.G‘. ushbu hududda cho‘ponlik qilib kelayotgan tanishi, 1977 yilda Paxtakor tumanida tug‘ilgan J.X. va 1973 yilda shu tumanda tug‘ilgan X.X. bilan spirtli ichimlik iste’mol qilib o‘tirganda o‘rtalarida janjal kelib chiqqan.

Oqibatda, M.G‘. yonida bo‘lgan oshxona pichog‘i bilan J.X. va X.X.larning ko‘krak qafasiga bir necha marta tan jarohati yetkazib, ularni qasddan o‘ldirib, voqea joyidan yashiringan.

Qayd etilishicha, mazkur holat yuzasidan viloyat prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Jizzaxlik cho‘pon ikki nafar sherigini pichoqlab o‘ldirdi