09:48 / 23.04.2022
982

Bekabod shaharda 21 ta alimentchi to‘lovchilar ish bilan ta’minlandi

Bekabod shaharda 21 ta alimentchi to‘lovchilar ish bilan ta’minlandi
Majburiy ijro byurosining Bekobod shahar bo‘limi ish yurituvida jami 656 ta aliment undirishga oid ijro hujjatlari mavjud bo‘lib, ish bilan ta’minlanganlari soni 531 nafarni, ishsiz qarzdorlar soni 123 nafarni tashkil qiladi.

Joriy yilning 20 aprel kuni Bekobod shahrida Toshkent viloyati prokuraturasi va Byuroning viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda Bekobod shahrida faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar “O‘zmetkombinat” AJ, “Bekobodsement” AJ, budjet tashkilotlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar o‘zlarining 700 dan ziyod ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

O‘tkazilgan bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida 21 nafar aliment ijro xujjatlari bo‘yicha ishsiz qarzdorlar o‘zlariga maqbul bo‘lgan doimiy ish o‘rinlariga joylashtirildi va kelgusida oyma-oy aliment to‘lovlari qarzdorlarning ish xaqlari hisobidan undirib borilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, Byuroning Bekabod shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida 2 ta oila yarashtirilib, 5 nafar voyaga yetmagan farzandlarning otasiz o‘sishlarining oldi olindi hamda bir necha marotaba ogohlantirilganliklariga qaramasdan, aliment qarzdorliklarini to‘lashdan bo‘yin tovlab yurgan 2 nafar qarzdorga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 47-4-moddasiga asosan jinoyat ishlari bo‘yicha Bekobod shahar sudi tomonidan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bekabod shaharda 21 ta alimentchi to‘lovchilar ish bilan ta’minlandi