Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent viloyati boshqarmasi va Toshkent tuman bo‘limi, Yangiyo‘l tuman prokuraturasi, DXX Toshkent tumani bo‘limi xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.
Qayd etilishicha, joriy yilning 22 aprel kuni Toshkent TXAY yo‘li ko‘chasida joylashgan «Jeddax» nomli milliy taomlar oshxonasi yonida fuqaro L.A (ism-familiyasi o‘zgartirilgan) Toshkent shahar Olmazor tumanida joylashgan «Bog‘izilol» kafesi yonidan oqib o‘tgan anhor bo‘yidagi 0,04 ga yer maydoni egalik qilish huquqini beruvchi qarorini chiqartirib berishi evaziga 30 ming dollarni olgan vaqtida daliliy ashyolar bilan ushlangan.
Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida o‘zini Toshkent shahar Statistika boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari deb tanishtirgan shaxs aslida Toshkent tumanidagi «Zarbdor» MFYda ishlayotgan hokim yordamchisi ekani aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar