Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida Matiz avtomobili yo‘lovchisini salondan tashqariga chiqarib harakatlangani aks etgan videolavha tarqaldi. Shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi holatga munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, videodagi tasvirlar Yunusobod tumani Qizil dehqon ko‘chasi atrofida sodir bo‘lgan. Ikki fuqaro o‘ziga tegishli bo‘lmagan Matiz avtomashinasida xavfli holat sodir etib, buni videoga olgan va ijtimoiy tarmoqqa joylashtirgan. Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan huquqbuzarlarning shaxsi aniqlanib, ichki ishlar organiga chaqirtirilgan.
«Tiktok’ka kecha video chiqarganmiz, xavfli holat yaratganmiz bolalar bilan. Bu voqeaga ikki yildan oshiq vaqt o‘tgandi. O‘rtoqlarim bilan jinnilik qilib qo‘yganmiz. Qilgan ishimizdan afsusdaman. Boshqa qaytarilmasligiga va’da beraman», — degan huquqbuzarlardan biri.
Holat yuzasidan tushuntirish ishlari olib borilgan va profilaktik suhbat o‘tkazilgan. Hozirda surishtiruv ishlari olib borilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar