O‘zbekistonga doimiy ravishda yashash uchun yil boshidan beri 390 nafar odam ko‘chib kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bulardan eng ko‘pi Qozog‘istondan — 148 kishi. Yil boshidan beri 86 nafar Rossiya fuqarosi O‘zbekistonga ko‘chib kelgan. Keyingi o‘rinda Tojikiston qayd etilgan — 49 kishi.
Doimiy ravishda yashash uchun Qirg‘izistondan 22 kishi kelgan bo‘lsa, Turkmaniston bilan bu ko‘rsatkich 9 nafarga teng. Shuningdek boshqa davlatlardan jami 76 nafar xorijlik O‘zbekistonga ko‘chib kelgan.
2022 yil birinchi choragida qayd etilgan bu ko‘rsatkich so‘nggi besh yildagi eng kami bo‘ldi. O‘zbekistonga yanvar—mart oylarida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 288 nafar kamroq odam ko‘chib kelgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Ishchi-xodimlar manfaatlari himoya qilindi