19:53 / 26.04.2022
2 458

«Bozorovning o‘rni u qadar bilinmayapti...»

«Bozorovning o‘rni u qadar bilinmayapti...»
Ayrim internet-nashrilari, ayniqsa, ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatidagi amaldorlar faoliyatidan norozi ohangdagi chiqishlar ko‘paymoqda. Xususan, «Telegram» messenjerida o‘ttiz mingdan ko‘p obunachilariga ega «Yuristkadr» kanali huquqlari buzilayotgan farg‘onaliklar muammolariga tez-tez e’tibor qaratmoqda. Bugun mazkur kanalda yana bir og‘riqli holat e’lon qilindi.

Unga ko‘ra, viloyatning O‘zbekiston tumanidagi «Dasht cho‘lpon kelajagi» fermer xo‘jaligining huquqlari mahalliy hokimiyat tomonidan ayovsiz poymol qilinmoqda. Tuman hokimining qarori bilan mazkur fermer xo‘jaligining yerlari olib qo‘yilib, mahalliy klaterga berib yuborilgan. «Eng qizig‘i, - deb yozadi muallif, - bu klasterga yer ajratish haqidagi tuman hokimining qarori ma’muriy sudlar va Oliy sud tomonidan haqiqiy emas deb topilgan. Lekin, qonunsizlikni qarangki, sud haq deb topgan fermer emas, sud nohaq deb topgan korxona yer maydoniga kiryapti. Eng qizig‘i, ichki ishlar organlari xodimlari nima qilyapti bu yerda? Ular kimni himoya qilyapti? Buni o‘zingiz ko‘ring», deya video ham ilova qilingan.

Muallifning qo‘shimcha qilishicha: «Biz viloyatga Xayrullo Bozorov hokim bo‘lib kelganda boshida xursand bo‘lgandik, avvalgi hokim davridan charchagan insonlar ko‘ksiga biroz bo‘lsada, shamol tegadi deb o‘ylagandik.

Afsuski, unday bo‘lmadi. Oxirgi paytlarda Bozorovning o‘rni u qadar bilinmayapti...
».

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Bozorovning o‘rni u qadar bilinmayapti...»