23:20 / 26.04.2022
1 068

Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, firibgarlik qilib kelgan shaxs ushlandi

Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, firibgarlik qilib kelgan shaxs ushlandi
Foto: Surxondaryoda IIB matbuot xizmati
Surxondaryoda o‘zgalarni chuv tushirib pullarini o‘zlashtirib kelgan shaxs tezkor tadbirda qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda viloyat IIB matbuot xizmati.

Ma’lum qilinishicha, Surxondaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan olingan tezkor ma’lumot hamda Denov tumanida yashovchi ikki fuqaro — R.Yunus (ism shariflar o‘zgartirilgan) va M.Normurodning 13 aprel kuni viloyat IIB boshlig‘i nomiga yozgan arizasiga asosan Sho‘rchi tumanida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda M.Rustam yuqoridagi ikki fuqaroga Janubiy Koreyaga oliy ma’lumotlilar ishlash uchun ketadigan Y-7 viza orqali ishga yuborishni va’da qilib, evaziga har biridan 11 500 dollardan berishni aytib, ulardan jami 2900 dollar va 1 million 140 ming so‘m pullarni olayotganida tezkor tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Bundan tashqari, M.Rustam 2021 yil noyabrida Uzun tumanida yashovchi yana bir fuqaroga Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilib, undan 1,5 ming dollarni olgani, Termiz tumanida yashovchi fuqaro va uning otasini ham Germaniyaga ishga yuborishni va’da qilib, 26 million 875 ming so‘m pullarini firibgarlik yo‘li bilan olgani aniqlangan.

25 aprel kuni M.Rustamga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Germaniya va Janubiy Koreyaga ishga yuborishini aytib, firibgarlik qilib kelgan shaxs ushlandi