
Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida elektromobillar savdosidan tushgan mablag‘larni talon-toroj qilib kelgan shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, deb xabar beradi Bosh prokuratura huzuridagi departament.
Ma’lum qilinishicha, departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan. Tekshiruv davomida «F.E.» MCHJ rahbari o‘rinbosari R.J. va boshqalar MCHJ tomonidan chet davlatlardan olib kelingan elektromobillarni sotuvidan tushgan 1,8 milliard so‘mni xaridorlar bilan tuzilgan shartnomalarning ikkinchi nusxasida past narxlarda ko‘rsatish orqali talon-toroj qilgani aniqlangan.
Shuningdek, departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda «W.Ye.» MCHJ bosh hisobchisi lavozimida ishlagan I.M. jamiyat rahbarining imzosi bilan soxta hujjatlarni rasmiylashtirgani aniqlangan. U MCHJdan ishdan bo‘shagan 6 nafar va 1 nafar umuman ishlamagan fuqaroning plastik kartalariga 125,1 million so‘m hamda bosh direktorning imzosini soxtalashtirib, 273,2 million so‘mni o‘zining plastik kartasiga o‘tkazib olib, o‘zlashtirgan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Toshkent ShaharElektromobillar SavdosiJinoyat IshlariTadbirkorlik HuquqlariTekshiruv O‘tkazishTalon-Toroj Qilish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar