
Foto: «Daryo» / Mirolim Isajonov
Oʻzbekistonda ilk bor oʻtkazilayotgan «Lazgi» Xalqaro raqs festivali 29 aprel kuni yakuniga etdi va gʻoliblarni taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Bu haqda «Daryo» muxbiri xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, oʻzbekistonlik raqqosa Dilnoza Ortiqova gran-priga loyiq deb topilgan va 7 ming dollar pul mukofoti bilan taqdirlangan.
«Eng yaxshi raqs jamoasi» nominatsiyasi boʻyicha:
1-oʻrin Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrining «Tumor» raqs ansambli;
2-oʻrin Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining «Navbahor» ashula va raqs ansambli hamda Fikrat Aminov nomidagi Ozarbayjon davlat ashula va raqs ansambli;
3-oʻrin Qirgʻizistonning «Shattik» raqs ansambli hamda Turkiyaning «Inegol» xalq raqslari ansambli.
«Eng yaxshi yakkaxon raqs ijrochisi» nominatsiyasi boʻyicha:
1-oʻrin oʻzbekistonlik Sherzod Kenjaboev va qozogʻistonlik Gulnur Kassimbek;
2-oʻrin hindistonlik Nidxi Misra hamda oʻzbekistonlik Feruza Azatova;
3-oʻrin ispaniyalik Nereya Fernandes hamda rossiyalik Kristina Kovrova va Nikita Gruzdev.
«Eng yaxshi sahnalashtirilgan raqs» nominatsiyasi boʻyicha:
1-oʻrin Bolgariyaning «Pirin» raqs jamoasi;
2-oʻrin Oʻzbekiston davlat filarmoniyasining «Oʻzbekiston» ashula va raqs ansambli hamda Tojikistonning «Zebo» ansambli;
3-oʻrin Serbiyaning «Sveti dordi» raqs jamoasi hamda Misrning «Tannura» raqs jamoasi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar