
Oliy ma’lumotga ega mashhurlar muxlislarini ajablantirishi mumkin. Qizig‘i shundaki, universitetda o‘qigan ayrim san’atkorlarning ijodga mutlaqo aloqasi yo‘q. Arxeologiya, psixologiya va hatto biokimyoviy muhandislik — qiziq, shunday emasmi? Mashhurlar aslida qaysi soha bo‘yicha ta’lim olganiga qiziqsangiz, Harper’s Bazaar.kz nashri taqdim etgan ro‘yxat bilan tanishib chiqing.
Koul Sprous

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Aktyor Nyu-York universitetining Geografik axborot tizimlari va sun’iy yo‘ldosh tasvirlari fakultetini tamomlagan. Shuningdek, Koul buni asosan, arxeologiya bilan bir xil ekanligini aytib o‘tgan.
Dakota Fanning

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Aktrisa Nyu-York universitetining Ayollar tadqiqotlari fakultetini tamomlagan.
Jon Lejend

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Ma’lum bo‘lishicha, musiqachi Pensilvaniya universitetida o‘qish uchun Garvard stipendiyasini rad etgan. U 1999 yilda afro-amerikalik adabiyotga e’tibor qaratgan holda ingliz tili bo‘yicha mutaxassislikni tamomlagan.
Eshton Katcher

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Aktyor Ayova universitetida biokimyoviy muhandislik diplomini olgan. Eshtonning bunday mutaxassislikda o‘qish qaroriga juda ta’sirli voqea sabab bo‘lgan. U akasining yurak nuqsoni haqida ko‘proq bilishni va uni davolashni istagan.
Yeva Longoriya

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Ajablanarlisi shundaki, Longoriya kineziologiya (inson harakatlarini o‘rganadigan fan) bo‘yicha bakalavr darajasini oldi. Keyinchalik u Chikano tadqiqotlari bo‘yicha magistrlik darajasini oldi. Chikanoslar Amerikada istiqomat qilgan meksikaliklardir. Magistr darajasini olish bilan bir qatorda, aktrisa «Umidsiz uy bekalari» teleserialida suratga tushdi.
Natali Portman

Foto: Harper’s Bazaar.kz
«Yulduzli urushlar: Yashirin tahdid» filmida rol o‘ynaganida aktrisa hali ham talaba edi. U Garvard universitetida o‘qigan. 2003 yilda Natali Psixologiya fakultetini tamomlagan. Uning ishi hatto ilmiy jurnallarda chop etilgan.
Kris Martin

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Coldplay guruhining yetakchi xonandasi London Universiteti kollejida yunon va lotin tillarida bakalavr darajasini olgan. Aynan o‘sha yerda u guruh a’zolari bilan uchrashdi va to‘satdan ijodda muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo‘ldi.
Jerard Batler

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Batler Glazgo universitetida huquqshunoslik darajasini olgan. Lekin u doimiy ziyofatlar tufayli tez-tez yuridik amaliyotini o‘tkazib yubordi. Oxir-oqibat u o‘zini aktyorlikka bag‘ishlash uchun 25 yoshida Londonga ko‘chib o‘tdi.
Layonel Richi

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Albatta, Layonel Richining musiqasisiz dunyoni tasavvur qilish qiyin. Ammo xonandaning hayoti butunlay boshqacha kechishi mumkin edi, chunki uning asli kasbi iqtisodchi.
Kortni Kardashyan

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Universitetni tugatgan Kardashyan oilasining yagona vakili — bu Kortni. Ishonish qiyin, lekin u 2002 yilda teatr san’ati bo‘yicha ta’lim olgan. Ammo u vaqtda Kardashyanlar hali mashhur emas edi.
Dueyn Jonson

Foto: Harper’s Bazaar.kz
1992 yilda olgan jarohati uning futbol o‘ynashiga to‘sqinlik qilganidan so‘ng, Jonson o‘qishga e’tibor qaratishga qaror qildi. U bir vaqtning o‘zida ikkita oliy ma’lumot oldi. Dueyn Mayami universitetida kriminologiya va fiziologiya bo‘yicha bakalavr darajasiga ega.
Liza Kudrou

Foto: Harper’s Bazaar.kz
«Do‘stlar» serialidagi mashhur Fibi Buffi oddiy qiz emas, balki mahoratli aktrisa. 1985 yilda Kudrou Biologiya fakultetini tamomlagan.
Rebel Uilson

Foto: Harper’s Bazaar.kz
Komik aktrisa Janubiy Uels universitetining Huquqshunoslik fakultetini tamomlagan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar