16:48 / 02.06.2022
5 123

39 yoshli aktrisa Ma’rifat Ortiqova turmushga chiqdi

39 yoshli aktrisa Ma’rifat Ortiqova turmushga chiqdi
Foto: Instagram
Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri aktrisasi Ma’rifat Ortiqova 28 may kuni turmushga chiqdi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra to‘yi bilan bog‘liq ma’lumotlarni bir muddat sir saqladi.

Uning nikoh marosimi Xorazmda bo‘lib o‘tdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, aktrisa samarqandlik tadbirkor yigit bilan oila qurdi. To‘y ixcham va shou-biznes vakillari ishtirokisiz o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, Ma’rifat Ortiqova 1983 yilning 4 iyul sanasida Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida tug‘ilgan. U 2005 yili O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat oliygohining «musiqali drama» fakultetida tahsil olgan. Aktrisa 2003 yildan buyon Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatrida faoliyat yuritadi. U film va seriallardagi ma’suma ayol rollari bilan tomoshabinlarga yaxshi tanish.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 39 yoshli aktrisa Ma’rifat Ortiqova turmushga chiqdi