Foto: Legion Media
O‘tgan hafta amerikalik qo‘shiqchi va aktyor Jastin Tiberleyk Vashingtondagi chiqishi davomida o‘ziga xos raqsi bilan muxlislarini hayron qoldirishga urindi, biroq tomoshabinlar va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarining kulgisiga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi «Pravilamag».
Aftidan artist Sexy Back qo‘shig‘ini ijro etish vaqtida oyoqlarini tez qimirlatishga uringan. Biroq ijtimoiy tarmoqlarda Timberleykni yoshlarga taqlid qilishga urinayotgan keksa otaxonga o‘xshatishgan. Raqs, shuningdek, memga aylanib ketgan: qo‘shiqchining harakati tasvirlangan videoga turli ovozlarni qo‘shish boshlangan.
Biroq Timberleyk sarosimaga tushib qolmagan va sodir bo‘lgan voqeani o‘zi ham hazilga burgan. O‘z storisida u ommadan ikki sababga ko‘ra kechirim so‘rashni xohlashini aytgan va oyoqlarining har birini ko‘rsatgan: «Ularning har biri bilan uzoq vaqt alohida suhbatlashdim. Boshqa hech qachon bunday qilmanglar!», — deydi musiqachi.
O‘z omadsizligida u shimini ham ayblagan, biroq baribir oyoqlari mavzusiga qaytgan: «Bu ikki ‘yigit’ga alohida e’tibor qarataman va ular buni uddalaydi. Barchangizni yaxshi ko‘raman», — deya yakunlaydi Timberleyk. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»