
Foto: «Film.ru»
Disney studiyasi Leonardo Di Kaprio va Keyt Uinslet ijrosidagi «Titanik» melodramasining yangilangan versiyasini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Reliz 2023 yilning 10 fevraliga rejalashtirilgan, deb xabar beradi «Film.ru».
Jeyms Kemeron filmi 3D, 4K HDR va boshqa formatlarda taqdim etiladi. AQSHdagi prokat huquqi Paramount’ga tegishli.
«Titanik» filmi birinchi marta katta ekranlarga 1997 yilda chiqqan va butun dunyo bo‘ylab 2,2 milliard dollar to‘plab, kassa yig‘imlari bo‘yicha fenomenga aylangan. Shuningdek, lenta 11 ta «Oskar» mukofotini, jumladan «Eng yaxshi film» uchun ham qo‘lga kiritgan. 3D-formatdagi takror relizi 2012 yilda bo‘lib o‘tgandi.
Eslatib o‘tamiz, may boshlarida «Avatar: Suv yo‘li-2» filmining rasmiy treyleri namoyish etilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar