Shahzoda Nazarbekov va Mamazoitovaga qaraganda oldinroq otni qamchiladi

Madaniyat1 daqiqa o'qish8.6K
Shahzoda Nazarbekov va Mamazoitovaga qaraganda oldinroq otni qamchiladi
Shahzoda Nazarbekov va Mamazoitovaga qaraganda oldinroq otni qamchiladi

Shahzodaning ijodida Vatan mavzusida kuylangan qo‘shiqlar soni yana bittaga ortdi. Xonanda kecha, 20 aprel kuni “O‘zbegim” nomli yangi qo‘shig‘i va unga ishlangan videoklipini taqdim etdi. Bu haqda "Qalampir.uz" xabar berdi.

Mazkur qo‘shiq she’ri O‘zbekiston xalq shoiri Isbol Mirzo qalamiga mansub. Musiqasi esa Sarvar va Komilga tegishli.

Bu qo‘shiq Istiqlolning 25 yilligi munosabati bilan yaratilgan bo‘lib, unda xonanda o‘tgan yillar davomida qo‘lga kiritilgan yutuqlarni kuyga soladi. Klip ham qo‘shiqqa hamohang tarzda ishlangan. Unda Istiqlol yillarida mamlakatimizda olib borilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan bir qatorda yoshlar uchun yaratib berilayotgan sharoitlar, keng imkoniyatlar, duodagi keksalaru farzandining yutuqlaridan mamnun ota-onalar tasvirlangan.

Har yili 1 sentyabr – Mustaqillik kuni oldidan ko‘plab san’atkorlar Vatan haqidagi yangi qo‘shig‘ini taqdim etishi an’ana tusiga kirgan. Bu borada har yili O‘zbekiston xalq artistlari Ozodbek Nazarbekov va Gulsanam Mamazoitova peshqadam bo‘lardi. Bu yil esa Shahzoda boshqa hamkasblaridan avval otni qamchiladi.

Shahzodaning “O‘zbegim” nomli qo‘shig‘iga ishlangan videoklipni bir kun ichida internet orqali 20 mingga yaqin foydalanuvchi tomosha qilishga ulgurdi.

Siz ham qo‘shiqni tinglab, klipni tomosha qiling va baho bering.

Keyingi yangilik

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?