
Foto: Pinterest
Turk seriallari yulduzlari shaxsiy hayotlarining tafsilotlarini oshkor qilishni yoqtirmaydi, lekin muxlislardan hech narsani yashirib boʻlmaydi. Marie Claire nashri mashhur turk aktrisalarining hashamatli uylari haqidagi ma'lumotlar bilan boʻlishdi.
Xande Erchelning villasi
Goʻzal aktrisalardan biri Xande Erchel «Eshigimni qoq» serialidagi Eda Yildiz roli bilan butun dunyoga tanildi. Aktrisa muvaffaqiyatli karerasi tufayli Istanbulning elit hududidagi ikki qavatli villa uchun pul ishlashga muvaffaq boʻldi. Uning qiymati 10 million turk lirasiga (1 million dollardan ortiq) baholanmoqda. Aktrisa oʻzining hashamatli uyining dizaynini mustaqil ravishda ishlab chiqdi va dizaynerlarning ishini shaxsan nazorat qildi. Uy oldidagi keng yashil maydonda Xande koʻpincha oilasi bilan vaqt oʻtkazadi.

Foto: Marie Claire
Erchelning saroyida juda koʻp panoramali derazalar mavjud, ular tufayli uy doimo yorugʻ koʻrinishga ega. Ushbu xususiyat tufayli villaga shisha ta'rifi beriladi. Ichki makonning rangi sokin, engil soyalar ustunlik qiladi. Minimalizm uy dizaynining asosidir. Uning fikriga koʻra, har bir mebel bir-birini toʻldirishi kerak va barcha e'tiborni oʻziga qaratmasligi kerak. Ayrim kartinalarning ba'zilari uy bekasi tomonidan chizilgan. Aktrisa yorqin detallarga ham e'tibor beradi — masalan, uning villasida gʻalati shakl va gʻayrioddiy ranglardagi antiqa mebellar mavjud.
Demet Oʻzdemir saroyi
«Erkin qush» seriali yulduzi Demet Oʻzdemir 2020 yilda Istanbul tumanlarining biridan oʻziga hashamatli villa sotib oldi. Demet koʻchmas mulkni sotib olish haqidagi xushxabarni muxlislar bilan oʻrtoqlashdi va bu xariddan juda xursand ekanligini ma'lum qildi. Mashhur aktrisaning soʻzlariga koʻra, bogʻ uning vaqtini yolgʻizlikda oʻtkazadigan va oʻz xayoliga shoʻngʻib ketadigan eng sevimli joyidir.

Foto: Pinterest
Uyni va uning oldidagi katta yashil maydonni jihozlash uchun aktrisaga koʻpchilik yordam berdi. Koʻpgina taniqli brendlar Demetga oʻz blogida reklama qilish uchun oʻzaro manfaatli hamkorlikni taklif qildi. Yulduzning turar joy narxi 4 million lira (220 ming dollar)ni tashkil qiladi.
Maryam Uzerlining Berlindagi kvartirasi
«Muhtasham yuz yil» serialidagi roli bilan tanilgan Maryam Uzerlining millati turk hamda nemis. Aktrisa Germaniyada yashaydi. Uning shinamgina kvartirasi Berlin markazida koʻp qavatli binoda joylashgan.

Foto: Pinterest
Aktrisaning ijtimoiy tarmoqlaridagi suratlariga qaraganda, yulduzning oshxonasi yashash xonasi va oʻyin xonasi bilan birlashtirilgan. Maryam san'at asarlari va gʻayrioddiy interer detallarini toʻplashni yaxshi koʻradi. Aktrisa va uning kichkina qizi eng koʻp vaqt oʻtkazadigan uydagi asosiy joy — bu xonaning divan joylashgan markazi. Bu erda ular birgalikda multfilm tomosha qilishni yoki ertak oʻqishni yaxshi koʻradi. Bundan tashqari, aktrisa koʻpincha qulay balkonda bir chashka qahva bilan vaqt oʻtkazadi.
Ebru Shahinning ijaraga olingan uyi
«Beqaror» seriali bilan tanilgan Ebru Shahin yaqinda basketbolchi Jedi Osmanga turmushga chiqdi. Undan oldin AQShda yashagan sportchi rafiqasi uchun Turkiyaga koʻchib oʻtishga qaror qilgan.

Foto: Marie Claire
Ma'lumotlarga koʻra, Shahin va Usmon Istanbulda uy ijaraga olgan. Hashamatli uyning derazalaridan dengizning ajoyib manzarasi koʻrinib turadi. Suadie hududidagi hashamatli uy uchun juftlik oyiga 80 ming lira (4400 dollar) toʻlaydi. Ammo yulduzli juftlik mashhurligi tufayli 20 foiz chegirma olishga muvaffaq boʻldi, aslida boshlangʻich ijara narxi 100 000 turk lirasi boʻlishi kerak edi.
Fahrie Evjenning 4 qavatli koshonasi
Bir necha yillardan beri aktrisa turmush oʻrtogʻi, taniqli turk aktyori Burak Oʻzchivit va oʻgʻli Karan bilan Istanbulning Beykoz tumanidagi qasrda istiqomat qiladi. Er-xotin oʻzlarining shaxsiy makonlarini begona koʻzlardan ehtiyotkorlik bilan himoya qiladi, shuning uchun ularning hashamatli uylarining suratlari koʻp emas.

Foto: Marie Claire
Katta yashil hudud va basseynga ega toʻrt qavatli uy har qanday yosh oilaning haqiqiy orzusidir. Ochiq manbalarga koʻra, turk seriali yulduzlari hashamatli uyni oyiga 15 ming lira (850 dollar) ga ijaraga olgan. Binoning oʻzi yogʻoch va marmardan qilingan. Uyning ichida hamma narsa engil ranglarga boʻyalgan. Qolaversa, ular dizaynerlar xizmatiga murojaat qilmasdan, mebelni oʻzlari tanladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar