
Luvrda dunyodagi eng qadimgi – VIII asrga oid Qur’on qo‘lyozmasi taqdim etiladi. Turkiy va Islom olamining eng qadimiy qo‘lyozmalaridan biri bo‘lgan Katta Langar Qur’oni Luvrda birinchi marta "O‘zbekiston vohalari xazinalari karvon yo‘llari kesishmasida" ko‘rgazmasi doirasida namoyish etiladi.
Ko‘rgazma 2022 yil 24 noyabrdan 2023 yil 6 martgacha tashrif buyuruvchilar uchun ochiq bo‘ladi. Bu yerda monumental va dastgoh san’ati buyumlari, devor rasmlari, saroylarning o‘yma detallari, san’at va hunarmandchilik buyumlari namoyish etiladi.
Umuman olganda, tashrif buyuruvchilar 168 ta muzey eksponatlari bilan tanishishlari mumkin. Kolleksiyada miloddan avvalgi V–VI asrlardan temuriylar hukmronligi davrigacha bo‘lgan O‘zbekistonning 13 ta muzeyidan 137 ashyo va dunyoning yetakchi 31 muzeylaridan olingan boshqa buyumlar bor.
Ko‘rgazmaning eng noyob eksponatlaridan biri VIII asrning qo‘lda yozilgan Katta Langar Qur’oni bo‘ladi. Uzoq vaqt davomida u O‘zbekistonning Qashqadaryo viloyatidagi Langar ota masjidida saqlangan. Tadqiqotlarga ko‘ra, Qur’on 206 sahifadan iborat. Hozirda atigi 98 sahifa saqlanib qolgan.
1984 yilda SSSR rasmiylari Kattalangar Qur’onining 67 sahifasini chiqarib olishgan. Bu sahifalarning taqdiri haqida hech narsa ma’lum emas.
Sankt - Peterburgdagi Sharq qo‘lyozmalari instituti muzeyida yana 81 sahifasi turibdi.
O‘zbekistonda Katta Langar Qur’onining atigi 17 sahifasi bor. Ulardan 13 sahifasi O‘zbekiston musulmonlari idorasida saqlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar