
Kiyev. Mustaqillik maydoni. Graffitida bolalar tankka qarshi to‘siq ustida arg‘imchoq uchayotgani aks etgan
Foto: Getty Images
Anonim rassom Benksi Ukrainaning turli joylarida — Kiyevda va Kiyev viloyatida — yettita graffiti chizganini tasdiqladi. Bu haqda The Art Newspaper xabar bermoqda.
Benksi uslubida yaratilgan ilk graffitilarni 2022 yil 10 noyabrda ko‘rishgan, shundan keyin britaniyalik rassom Ukrainaga tashrif buyurgani haqida taxminlar bildirilgan edi.

Borodyanka. Graffitida yosh bola sparringda Sharq yakkakurashi formasini kiyib olgan erkakni yengmoqda
Foto: AP Photo
O‘sha kuniyoq Benksi o‘z Instagram'iga Borodyanka qishlog‘idagi uy vayronalariga chizilgan gimnastikachi qizcha graffitisi suratini joylagan. Ko‘p o‘tmay, Kiyev va unga yaqin shaharlarda Benksining strit-artini eslatadigan yana bir nechta rasmlarni payqashdi.

Borodyanka. Graffitida gimnastikachi qiz qo‘llariga tayanib turibdi
Foto: EPA
Ular orasida yosh bola sparringda yakka kurash (Rossiya prezidenti Vladimir Putin shu sportga qiziqadi) formasini kiyib olgan erkakni mag‘lubiyatga uchratayotgani aks etgan graffiti ham bor. 14 noyabr kuni The Art Newspaper bilan suhbati chog‘ida Benksi shu va boshqa rasmlar unga tegishli ekanini tasdiqlagan.

Irpen. Graffitida tasma ushlab turgan gimnastikachi qiz aks etgan
Foto: AP Photo

Gorenka. Graffitida soqolli kishi vanna qabul qilmoqda
Foto: Reuters

Gostomel. Graffitida gazniqob kiyib, o‘to‘chirgich ushlab olgan ayol aks etgan
Foto: Getty Images “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar