Oilaning tinch-totuv yashashi er-xotinning yoshiga emas, ko‘proq bir-birini tushunishiga bog‘liq deyishadi. Balki shundaydir, ammo ba’zi hollarda yosh o‘rtasidagi tafovut ham pand berishi mumkin. O‘zbek shou-biznesi vakillari orasida o‘zidan bir necha yosh katta yoki kichik bo‘lgan insonlar bilan oila qurganlar ko‘p. Yoshdagi katta tafovut ularning oila qurishiga to‘sqinlik qilmagan.
Ubaydulla Omon o‘zidan 30 yosh kichik qiz bilan oila qurdi
Foto: «Daryo»
O‘tgan yili O‘zbekiston xalq artisti, «El-yurt hurmati» ordeni sohibi Ubaydulla Baqoyev (Ubaydulla Omon) 73 yoshida 44 yoshli qizga uylandi. U maktabda ingliz tili o‘qituvchisi bo‘lgan 44 yoshli Nilufar Sherova bilan oila qurgan. Aktyorning ilk ayoli esa 2018 yilda vafot etgandi.
Yulduz Usmonova va Mansur Agaliyev
Foto: Instagram / @nilufarusmonova
O‘zbek primadonnasi Yulduz Usmonova turmush o‘rtog‘i Mansur Agaliyevdan bir necha yosh katta. Ammo xonanda bu haqida aniq ma’lumot berishni istamaydi. U turmush o‘rtog‘i bilan baxtli ekanligi va unga suyanib yashayotganini yashirmaydi. Eslatib o‘tamiz, Yulduz Usmonova dekabr oyida 58 yoshni qarshiladi.
Lutfulla Sa’dullayev o‘zidan 10 yosh kichik muxlisasiga uylangan
Foto: Instagram / @muqaddas_sadullayeva
Lutfulla Sa’dullayev turmush o‘rtog‘i Gulchehra Sa’dullayevadan roppa-rosa 10 yosh katta. Lutfulla Sa’dullayev teatrda ishlab yurgan kezlarida Gulchehra Sa’dullayeva maktabda tahsil olar va aktyor ishtirokidagi spektakllarni tomosha qilish uchun teatrga tashrif buyurgan. Eslatib o‘tamiz, Lutfulla Sa’dullayev 1940 yil, Gulchehra Sa’dullayeva esa 1950 yil Toshkent shahrida tavallud topgan.
Shukurullo Isroilovning ayoli o‘zidan 10 yosh katta
Foto: Instagram / @shukurullo_isroilovoriginal
Qiziqchi Shukurullo Isroilov ayoli Maqsudaxondan 10 yosh kichik. Shukurullo Isroilov 1970 yilda, ayoli esa 1960 yilda tavallud topgan. Juftlikning turmush qurganiga 32 yil bo‘ldi. Uzoq yillardan buyon ilmiy ish bilan shug‘ullanadigan Maqsudaxon Isroilova ayni kunlarda Toshkent davlat stomatologiya institutida talabalarga saboq beradi.
Gulchehra Eshonqulova va Sharof Sharopov
Foto: Instagram / @sharofsharapov
Ayni kunlarda AQSHda istiqomat qilayotgan va san’atdagi faoliyatini yakunlagan Gulchehra Sharopova turmush o‘rtog‘i Sharof Sharopovdan 13 yosh katta. Gulchehra 1981 yilda, Sharof esa 1994 yilda tavallud topgan. Albatta, ularning oila qurishi oson kechmagan. Hozirda ikki farzandni tarbiyalayotgan juftlik AQSHdagi eng baxtli oilalardan biri.
Halimaxonim turmush o‘rtog‘idan 7 yosh katta
Foto: Instagram / @xalimaxonim
Qiziqchi Halimaxonim turmush o‘rtog‘i Jaloliddindan 7 yosh katta. Halimaxonimning ta’kidlashicha, uyini ta’mirlatayotganda turmush o‘rtog‘i bir nechta yigitlar bilan ishlashga kelishgan. Jaloliddin Halimaga turmush qurish taklifini bergach, bir necha kundan keyin sovchi jo‘natgan. Hozirgi kunda ularning ikki nafar farzandi bor. Halima turmush o‘rtog‘ini hurmat qilsa-da, oilada yetakchi ekanligini yashirmaydi.
Dildora Niyozova va Latifjon Yunusov
Foto: Instagram / @niyozova_dildorahon
Xonanda Dildora Niyozova ham turmush o‘rtog‘i Latifjon Yunusovdan bir necha yosh katta. Ammo yosh o‘rtasidagi tafovut ularning baxtli yashashiga xalal bermaydi. Ayni damda baxtli oilaning ikki nafar farzandi bor.
Feruza Karimova katta yoshdagi inson bilan oila qurgan
Foto: Instagram / @feruza_karimova.official
Feruza Karimova turmush o‘rtog‘i va prodyuseri Baxtiyor Fattohovdan 12 yosh kichik. Xonanda prodyuserining oilasini buzmaganligini, ular tanishmasidan ancha avval oilaga darz ketganligini ta’kidlagandi.
«2014 yil turmush o‘rtog‘im bilan ko‘rishib qolib, 2015 yil ijod boshlandi. 2016 yil 'Dastingdan' qo‘shig‘im chiqdi. Keyin ularda menga nisbatan iliqlik paydo bo‘lgan. Lekin men e’tibor bermaganman. Prodyusermi prodyuser, ishmi ish, bo‘lgan u paytda. Ular o‘sha paytda birinchi oilasidan ajrashgan bo‘lgan. Ish paytida biz bilan ko‘rishib turardilar, suhbatlashardilar. Qarasam, yaxshi inson, mehribon, menga e’tiborli.
Hayoti haqida ham gapirib berardilar. Meni sekin-sekin ko‘niktirib, o‘ziga o‘rgatib, top etib, uzuk olib kelib, qarab turibdilar: 'Menga turmushga chiqasizmi?' deb. Bir yil ishladim, xarakterlarini ko‘rdim, mendayam ularga nisbatan mehr paydo bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘imni yaxshi ko‘raman, hurmat qilaman. Har doim har taraflama qo‘llab-quvvatlab kelganlar», — deydi Feruza Karimova turmush o‘rtog‘i bilan qanday tanishgani haqida gapirar ekan.
Baxtiyor Fattohov nafaqat ayolining ijodiga, balki bir nechta seriallarga ham prodyuserlik qiladi. Hozirda baxtli juftlikning ikki nafar farzandi bor.
Zarina Nizomiddinova o‘zidan 12 yosh katta inson bilan oila qurgan
Foto: Instagram / @zarinanizomutdinova
Ikkinchi farzandini Moskva shahrida dunyoga keltirgan aktrisa Zarina Nizomiddinova turmush o‘rtog‘i bilan orasidagi farq 12 yosh ekanligini yashirmaydi. Aktrisaning turmush o‘rtog‘i 45 yoshda, Zarina esa 33 yoshda. Hozirda ular ikki o‘g‘il farzandlarining tarbiyasi bilan band.
Mirolim Qilichev 34 yoshda 19 yoshli qizga uylandi
Foto: Instagram / @mirolim_qilichev_official
O‘tgan yili aktyor Mirolim Qilichev o‘zidan 15 yosh kichik qiz bilan oila qurdi.
— Hozircha yoshimiz o‘rtasidagi farq sezilayotgani yo‘q. Ayolim aqlli va sabrli inson. Er-xotin o‘rtasidagi yosh u qadar ahamiyatli emas, muhimi inson bir-birini tushunishi va qo‘llab-quvvatlashi kerak. To‘yimiz arafasida u meni qo‘lladi. Men haqimdagi yolg‘on mish-mishlarga ishonmay, hayotini menga bag‘ishlagani uchun ham uni hurmat qilaman, — deydi aktyor Mirolim Qilichev.
Asal Shodiyeva va Shohruhxon yoshidagi tafovut
Foto: Instagram / @asalshodieva
Aktrisa Asal Shodiyeva turmush o‘rtog‘i Shohruhxondan 7 yosh kichik. Asal Shodiyeva 1992 yilda, Shohruhxon esa 1985 yilda tavallud topgan. Ularning nikoh to‘yi 2016 yilning 30 may kuni bo‘lib o‘tgan. Ayni kunlarda Asal Shodiyeva va Shohruhxonning ikki nafar o‘g‘il farzandlari bor.
Imron turmush o‘rtog‘ining ulg‘ayishini kutdi
Foto: Instagram / @imronsinger
O‘tgan yili bo‘ydoqlik safini tark etgan xonanda Imron ham ayolidan 12 yosh katta. U «Daryo»ga bergan intervyusida ayoli bilan qarindosh ekanligi va uni ilk marta bobosining janozasida ko‘rib qolgani haqida so‘zlab bergandi.
— Ayolim mendan 12 yosh kichkina. Uning san’atga umuman aloqasi yo‘q. Buxoroda universitetda o‘qiydi, birinchi kursni tugatdi. Xudo xohlasa, endi o‘qishini Toshkentga ko‘chirish harakatidamiz.
Ayolimning bobosi olamdan o‘tganida men ham janozaga borganman. Ular bilan qarindoshchiligimiz bor. O‘sha yerda ko‘rib qolganman, bu voqeaga ikki yarim yil bo‘ldi. Onam, ammalarim mana shuncha qiz, birortasini ko‘r, tanla, qachon uylanasan, deb holi-jonimga qo‘yishmagan vaqtlar edi. O‘shanda mana shu qizga uylanaman, deganman, shunda onam jim, u qiz hali yosh, ota-onasi turmushga bermaydi hali, deganlar. Unday bo‘lsa, boshqa kimga uylanasan, deb so‘ramanglar, deganman, — deydi xonanda Imron. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”