22:26 / 10.01.2023
839

«Oila qurgach ko‘p narsani 'filtr'layapman» — aktrisa va boshlovchi Oyxon Iforzoda

«Oila qurgach ko‘p narsani 'filtr'layapman» — aktrisa va boshlovchi Oyxon Iforzoda
Foto: Instagram / @oyxon_iforzoda
Aktrisa va boshlovchi Oyxon Iforzoda nafaqat ijodda, balki shaxsiy hayotda ham baxtga erishgan insonlardan biri. U ayni kunlarda ikki o‘g‘il va bir qiz farzandning tarbiyasi bilan band. «Daryo» muxbiri Nargiza Murodova onalik ta’tilida bo‘lgan aktrisa bilan suhbatlashdi.

To‘g‘risini aytsam, qizimga homilador ekanligimni ko‘pchilik bilmay qoldi. Chunki o‘g‘illarimda 25-30 kg vazn to‘plagandim. Qizimda bor-yo‘g‘i 14 kilogrammga to‘lishdim. O‘g‘illarimning ikkisi ham 4 kilogrammdan oshiq vaznda tug‘ilishgan. Homilaning katta vaznda tug‘ilishi onaga birmuncha qiyinchilik tug‘diradi. Ketma-ket tug‘ruqdan so‘ng suyaklarim og‘riydigan bo‘lib qolgandi. Undan so‘ng kovidga chalinib, suyaklarim yanada nimjonlashganini sezdim. Qizimga homilador bo‘lgach, uzoq vaqt tik oyoqda turishga, o‘tirishga, yurishga qiynaldim. Shu sabab «Ayol brilliant» ko‘rsatuvida ham ta’til e’lon qilindi, — deydi Oyxon Iforzoda.

Oyxon Iforzoda homiladorlikdagi qiyinchiliklar, farzandlarining fe’l-atvori va qiziga qo‘yilgan ism tarixi haqida ham gapirib berdi.

Foto: Instagram / @oyxon_iforzoda
Har bir homiladorlik o‘zgacha bo‘lgan. Katta o‘g‘lim Amirshoh bilan 9 oy go‘sht mahsulotlarini yeya olmaganman. Zoxirshoh bilan xamir ovqatlarga bosh qorong‘u bo‘ldim. Zebo bilan esa shirinlik va qahvadan yiroq bo‘ldim. Menyum go‘shtli taomlarga boy bo‘ldi.

O‘g‘illarim menga nisbatan juda rashkchi. Mening yurish-turishim, gap so‘zim, kiyimimni ham nazorat qilishadi bu zumrashalar. Zoxirshoh juda ham rashkchi. To‘polon qilib e’tirozlarini boricha aytadi. Ammo, singlisini mendan rashk qilishmaydi. Negadir ular ukadan ko‘ra singillik bo‘lishni juda istashdi.

Qizimga ism tanlashimizning o‘z tarixi bor. Zebo ismini butun oilamiz uchun juda qadrdi. 31 yil avval, dekabr oyida qaynonam va qaynotam qiz farzandli bo‘lishgan va ismini Zebo qo‘yishgan. Afsuski, Yaratgan irodasi bilan ko‘p o‘tmay uni yerga qo‘yishgan. Bu ism oila a’zolarimiz, xususan, turmush o‘rtog‘imga juda qadrli bo‘lgan
, — deydi Oyxon Iforzoda.

Eng yaxshi va ishonchli sirdoshim — o‘zim!

Foto: Instagram / @oyxon_iforzoda
Avvalam bor qars ikki qo‘ldan chiqadi. Bundan tashqari, homila davri, tug‘uruq va undan keyingi davr ayolni kuchsiz, nimjon qilib qo‘yadi. Bunday paytda ayol kimga suyanadi? Kimdan energiya oladi? Faqatgina jufti halolidan. Menimcha, tug‘uruqdan so‘ng maksimal darajada erkak kishi e’tiborli, tushunuvchan, rahmdil va sabrli bo‘lishi kerak. Farzand faqat ayolniki emas-ku. Unga ota-ona birdek mas’ul. Agar juftliklar bir-birini qadrlasa o‘rtaga sovuqchilik tushmaydi. Bundan tashqari, har bir ayolning o‘z siri bo‘lishi kerak. Imkon qadar ularni turmush o‘rtog‘imga ham aytmayman. Eng yaxshi va ishonchli sirdoshim — o‘zim! Maslahatchilarim esa bor. Ular shubhasiz onam va opam Rayhon, — deydi Oyxon Iforzoda.

Ko‘pchilik erkaklar oila qurgach ayoliga taqiqlar qo‘yadi. Masalan, kiyim yoki dugonalar borasida. Sizga ham shunga o‘xshash taqiqlar qo‘yilganmi?

Foto: Instagram / @oyxon_iforzoda
Turmush qurganimizga salkam 7 yil bo‘ldi. Hali biron marta buni kiymaysan, u bilan gaplashmaysan deganlari yo‘q. Aksincha, turmush o‘rtog‘im shunday deyishlariga imkon yaratmaslikka harakat qilaman. Oilali bo‘lgach ko‘p narsani elakdan o‘tkazib oldim, hali ham filtrlayapman desam bo‘ladi. Kiyinishim ham o‘zgardi, gap-so‘zim ham. Men erimning or-nomusiman. Ularga munosib rafiqa bo‘lishga harakat qilyapman, — deydi Oyxon Iforzoda.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Oila qurgach ko‘p narsani 'filtr'layapman» — aktrisa va boshlovchi Oyxon Iforzoda