date
views 407

«Avatar-2» ikki mlrd dollardan ko‘p pul ishlagan 6-filmga aylandi

«Avatar-2» ikki mlrd dollardan ko‘p pul ishlagan 6-filmga aylandi
Foto: YouTube
Rejissyor Jeyms Kemeron suratga olgan «Avatar: Suv yo‘li» (Avatar-2) filmining kassa tushumlari, ekranlarga chiqqanidan olti hafta o‘tib, 2 mlrd AQSH dollaridan oshdi. Bu haqda Variety xabar berdi.

Film 598 mln dollarni AQSHda, 1,4 mlrd dollarni xorijdagi namoyishlardan ishladi.

Shu tariqa kino tarixida 2 mlrd dollardan ortiq pul ishlagan filmlar soni 6 taga yetdi:
1. «Avatar-1»;
2. «Qasoskorlar: Final»;
3. «Titanik»;
4. «Yulduzlar jangi: Kuchning uyg‘onishi»;
5. «Qasoskorlar: Cheksizlik urushi»;
6. «Avatar-2».

Jeyms Kemeron «Avatar-2»ni suratga olish jarayonida
E’tiborli tomoni, tarixdagi eng ko‘p daromad keltirgan filmlarning uchtasini Jeyms Kemeron suratga olgan. Aktrisa Zoi Saldana («Avatar»da Neytiri) eng serdaromad oltita filmning to‘rttasida rol o‘ynagan.

Neytiri va aktrisa Zoi Saldana
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » «Avatar-2» ikki mlrd dollardan ko‘p pul ishlagan 6-filmga aylandi