Kolumbiyalik estrada yulduzi Shakira sobiq turmush o‘rtog‘i, futbolchi Jerar Pikening xiyonati haqida kuylagan qo‘shig‘i tufayli Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi, deb xabar bermoqda “Korrespondent” nashri.
Shakira Jimmy Fallonning The Tonight Show dasturiga DJ Bizarrap bilan birga borgan va Music Sessions #53 trekini kuylagan. Xonanda ushbu trek o‘zi uchun yozilganini aytgan, biroq u chiqqanidan keyin qo‘shiq xiyonat bilan kurashishga majbur bo‘lgan ayollar uchun yaratilganligini ham his qilgan.
Music Sessions #53 taronasi 14 ta jahon rekordini o‘rnatdi:
- Spotify’da 24 soat ichida eng ko‘p tinglangan Lotin Amerikasi treki, tarona umumiy hisobda 14 393 324 ta marta eshitilgan;
- YouTube’da 24 soat ichida eng ko‘p ko‘rilgan lotincha trek — video 63 000 000 marta tomosha qilingan;
- YouTube’da eng tez 100 million marta ko‘rilgan Lotin Amerikasi treki — video ikki kun-u 22 soatda ushbu natijani qayd etgan;
- Hafta davomida Spotify’da mashhur bo‘lgan lotincha trek — qo‘shiq 80 646 962 marta eshitilgan;
- Ispan tilidagi trek bilan Billboard Hot 100 ning Top 10 taligiga kirgan birinchi ayol xonanda;
- Xonanda tomonidan kuylangan tarona Billboard Latin Airplay chartidagi eng ko‘p 1-o‘rinni egallagan qo‘shiqqa aylandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»