13:26 / 15.03.2023
218

Aholidan madaniy boyliklarni sotib olish tartibi belgilandi

Aholidan madaniy boyliklarni sotib olish tartibi belgilandi

Aholidan madaniy boyliklarni qabul qilib olish (xarid qilish) jarayoni raqamlashtirildi. Mazkur tartib Prezidentning 2022 yil 27 maydagi PQ-261-sonli qaroriga asosan ishlab chiqilgan.

Shu munosabat bilan Madaniy meros agentligi tomonidan milliyboylik.uz tizimi (veb-sayti) ishlab chiqildi. Agentlik aholiga ushbu veb-sayt orqali madaniy boyliklarini topshirish mumkinligini aytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Prezidentning mazkur qarorida 2022 yil 1 iyuldan boshlab aholidagi madaniy boyliklarni davlat muzeylari tomonidan qabul qilib olishni rag‘batlantirish va ommalashtirishga qaratilgan «Milliy merosga mening hissam!» umumxalq aksiyasi tashkil etish ham belgilangan edi.

Hujjat bilan mazkur aksiyasi doirasida muzeylarga madaniy boyliklarni xarid qilish uchun har yili Madaniy meros jamg‘armasiga budjetdan madaniy meros va muzeylar sohasiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan qo‘shimcha 3 mlrd so‘mdan hamda hududlardagi tegishli muzeylarga 500 million so‘mdan mablag‘ ajratib borilishi ma’lum qilingan.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Aholidan madaniy boyliklarni sotib olish tartibi belgilandi