15:50 / 30.03.2023
1 408

Dilnoza Kubayeva niyatiga yarasha jazolangani hamda qo‘shiq aytishiga nima turtki bo‘lgani haqida gapirdi

Dilnoza Kubayeva niyatiga yarasha jazolangani hamda qo‘shiq aytishiga nima turtki bo‘lgani haqida gapirdi
O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Dilnoza Kubayeva “Mirsodiqova bilan” YouTube kanaliga bergan intervyusida qo‘shiqchilikka kirib kelishi sababi hamda marhum turmush o‘rtog‘i haqidagi savollarga javob berdi.
 
“Topayotgan pulim xarajatlarimga yetganida, qo‘shiq aytmasdim”
 
— Qo‘shiq kuylamasligim haqida aytganlarim yoshlikka xos bo‘lgan fikrlash edi. Barchamiz yoshligimizda ko‘p narsalarni gapirib, turli xil ko‘chalarga kirib ko‘rmoqchi bo‘lamiz. Agar topadigan maoshim meni qoniqtirganda, qo‘shiq aytmagan bo‘lardim. Avval o‘rganasan, keyin ko‘nikasan, deyishgan ekan. Hech qachon sahnaga chiqmayman, degan opalarim bor, lekin chiqib juda chiroyli uddalashadi. Haqiqatan ham, hamma narsa borib mablag‘ga taqalar ekan.
 
Qo‘shiqchilikka kelsak, yaxshi kino yo‘q. Rosa kutdim, zo‘r she’rlarni qo‘shiq qilishsin, dedim. Shou-dasturlarda qo‘shiq kuylab yurgan vaqtlarim ham bo‘lardi. Bunaqa vaziyatda men nimadir bilan ijod qilib band bo‘lishim kerak edi. Shu bilan ijodni boshladim, har holda insonlarni operatsiya qilayotganim yo‘q. Yangilikni qabul qilish insonlarga xos bo‘lgan narsa. Bu mening ijodimdagi yangilik, chunki mendan kutishmagan edi. Yo‘q deb, tosh otib ko‘rmoqchi bo‘lishadi. Men yuqori sa’viyada ishlashga harakat qilyapman. Niyatim yaxshi, pokiza. Agar kimningdir hafsalasi pir bo‘lib, peshanasi tirishayotgan bo‘lsa, yaxshisi ko‘rishmasin.
 
“Marhum turmush o‘rtog‘imga rahmat deyman”
 
— Marhum turmush o‘rtog‘imga rahmat deyman. To‘g‘ri, orqamdan juda ko‘p gap-so‘zlar bo‘ldi. Ularning vafotidan keyin men uchun ko‘p sirlar ochildi. Shu qiz turmush o‘rtog‘im bo‘ladi, oq libos kiydiraman, ham shar’iy, ham qonuniy hamrohi bo‘laman deb, chiroyli tashlab ketdi. Biroq shu inson shahd va qat’iyat bilan meni baxtli qila oldi. Kutgan insonlarimda qat’iyat bo‘lmadi. Ayollar, qizlar yigitlarning oldiga borib, menga uylan, deya oladimi? Yo‘q, o‘zbek ayoli hech qachon bu so‘zni aytmaydi. Ulardan doim minnatdor bo‘laman, ruhlari shod, oxiratlari obod bo‘lsin. Men har doim ota-onasiga xos bo‘lgan, yarashadigan ishni qila oladigan, har duosida chiroyli narsa chiqaradigan, amallari bilan jannatda toj kiydiradigan o‘g‘il tarbiya qilyapman.
 
“So‘zga va ichki niyatga ehtiyot bo‘lish kerak”
 
— Ko‘p niyatlarimga yarasha jazoyimni olgan holatlar ham bo‘lgan. Farzandimni dunyoga keltirayotgan vaqtimda, ichimda boshqa tug‘mayman deb aytganman. Juda qiyin ekan, deganman. Tilimga chiqarishga qo‘rqqanman. So‘zga, ichki niyatga ehtiyot bo‘lish kerak.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Dilnoza Kubayeva niyatiga yarasha jazolangani hamda qo‘shiq aytishiga nima turtki bo‘lgani haqida gapirdi