Aktrisa Shahzoda Muhammedova: “Mening ishxonam hayvonot bog‘i emas”

Aktrisa Shahzoda Muhammedova Instagram foydalanuvchilaridan qattiq xafa bo‘ldi. Mazkur ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari Shahzodani “yulduzlik kasali”ga chalinganlikda aybladi, deyiladi "Darakchi" nashrida. Aktrisa esa bunday ayblovlarga nisbatan quyidagicha javob qaytardi:
“Hurmatli mijozlar shaxsiy adovatingizni Instagram saytiga yozib negativ fikrlaringiz bilan follower`larimga mani yomon ko‘rsataman yoki alamimdan chiqaman deb o‘ylamang. Bugun kelgan mijozlardan atigi bittasini oldiga chiqa olmadim. Chunki eskizlar chizib, liboslarni tikib boshqa mijozga o‘z vaqtida ulgurib bitirish bilan band edim. Men faqat butikda mijoz qabul qilib o‘tiraversam, ateledagi ish bilan kim shug‘ullanadi? Kim tikadi? To‘g‘ri, ishchilarim juda ko‘p, lekin man ishchilarim bilan baravar ishlayman. Mijoz oldiga esa adminstratorim chiqib band ekanimni aytib uzr so‘radi degani bu "yulduzlik kasali"ga uchradi, deganimas. Mijozlarni kutib olishim ularga eskiz chizib vaqt ajratishim chun qo‘ng‘iroq qilib vaqtini yozdirib qo‘ying, iltimos. To‘satdan kelgan insonni qabul qilishga ulgurmayapman. Ming bor uzr so‘rayman, mening jonim bitta sizlar esa ko‘p. Imkon qadar hammaga xizmat ko‘rsatishga harakat qilaman. Lekin hamma joylarda g‘iybat qilib, qarg‘ab, chiqsa bo‘lardi, chiqsa o‘ladimi, deb iflos gaplar qilib yozishdan avval mani o‘rnimga o‘zingizni qo‘yib ko‘rib, aybni o‘zingizdan ham qidiring, iltimos. Meni ishxonam hayvonot bog‘i emas, hayvon tomosha qilishga kelinadigan. To‘g‘ri, men aktrisadirman, to‘g‘ri san’atkor tomosha qilish uchun yaratilgandur....shuni unutmang men ham insonman, muzeydagi eksponat yoki hayvonot bog‘idagi hayvon emas!!! Lekin men ishxonamga kelgan vaqtimda butkul unutaman, aktrisa ekanimni. Modeler-dizayner bo‘lib yashayman ish vaqtida. Agar mendan ayb o‘tgan bo‘lsa, uzr! Men oddiy qizman, el qatori...”
Ma’lumot uchun, aktrisa yaqinda o‘z ismi bilan ataladigan butik-atele ochgan edi. Mazkur butik-ateleda tayyor liboslar, aksessuarlar sotib olish va kiyim tiktirish mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing