date

Gollivud aktyori Maykl Jeys 40 yilga qamaldi

Gollivud aktyori Maykl Jeys 40 yilga qamaldi

Yodingizda bo‘lsa, “Qalqon” filmidagi roli bilan mashhur bo‘lgan Gollivud aktyori Maykl Jeys Los-Anjelesdagi sudda oilaviy janjal vaqtida rafiqasini o‘ldirganini tan olgani haqida xabar bergan edik.

Aktyorning guvohlik berishicha, 2014 yil oilaviy janjal vaqtida aktyor rafiqasi Eypril Jeysni ajrashaman deb qo‘rqitgan. Maykl esa rafiqasining oyog‘iga o‘q uzib qo‘rqitmoqchi bo‘lgan. Biroq Maykl otgan ikki o‘qdan biri kutilmaganda Eyprilning kuragiga tekkan. Eypril kuragidagi jarohat tufayli vafot etgan.

Kecha, 10 iyun kuni Gollivud aktyorining ishi yuzasidan bo‘lib o‘tgan sudda u 40 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar beradi “Dayonline.ru” nashri.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Maykl sudda rafiqasini qasddan o‘ldirmaganini, bu tasodifiy holat ekanini aytgan, biroq 53 yoshli aktyorga nisbatan jazoning kuchaytirilishiga qotillikka 2 o‘g‘li ham guvoh bo‘lgani sabab bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, Maykl Jeys rafiqasi Eyprilni o‘ldirib qo‘ygach, nima qilib qo‘yganini anglagan. Shundan so‘ng, u rafiqasining ota-onasiga xabar bergan, ular esa yordam so‘rab 911 xizmatiga qo‘ng‘iroq qilishgan.

40 yoshli Eypril Jeys 2014 yilning 19 may kuni o‘z uyida o‘lik holda topilgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivud aktyori Maykl Jeys 40 yilga qamaldi