Alisher Uzoqov o‘zining «Kuzda gullagan daraxt» filmini taqdim etdi

1 daqiqa o'qish11.5K
Alisher Uzoqov o‘zining «Kuzda gullagan daraxt» filmini taqdim etdi
Alisher Uzoqov o‘zining «Kuzda gullagan daraxt» filmini taqdim etdi

Taniqli aktyor va rejissyor Alisher Uzoqov o‘zining uzoq davom etgan ijodiy tanaffusidan so‘ng kinosevar muxlislar uchun yangi filmini taqdim etdi, deb xabar beradi «iLife.uz».

26 fevral kuni Toshkentning Royal Cinema kinoteatrida mazkur «Kuzda gullagan daraxt» filmining yopiq premyerasi bo‘lib o‘tdi. Charos va Doniyorning alamli iztiroblardan holi bo‘lmagan sof va baxtli muhabbat qissasi haqida hikoya qiluvchi mazkur kinokartinada kutilmaganda tomoshabin vujudini jumbushga keltiruvchi sahnalarning mavjudligi uning muvaffaqiyati uchun xizmat qilgan.

Chin muhabbat, sadoqat, odamiylik tuyg‘ulari, inson hayotining jamiki moddiyatlardan ustun turishi haqiqatini yorituvchi ushbu film Alisher Uzoqov ssenariysi asosida postanovkachi operator Izzatilla Lutfullaev, postanovkachi rassom Dilshod Nuriddinov tomonidan suratga olingan. Bosh rollarni Ra’no Shodieva, Ziyoda Hudoyqulova, Alisher Uzoqov; rollarni Bobur Yo‘ldoshev, Shahzoda Matchonova, Farhod Abdullaev va Ra’no Yarasheva ijro etgan.

Drama janrida yaratilgan «Kuzda gullagan daraxt» filmining premyeraoldi namoyishida film ijodkorlari, el suygan san’at va madaniyat namoyondalari ishtirok etdi.

Filmni 27 fevraldan O‘zbekiston kinoteatrlarida tomosha qilishingiz mumkin.

Manba: www.daryo.uz
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?