13:23 / 19.05.2023
149

“Forsaj-10” namoyish etilgan ilk kunidayoq Xitoy va Janubiy Koreyada 18,5 million dollar to‘pladi

“Forsaj-10” namoyish etilgan ilk kunidayoq Xitoy va Janubiy Koreyada 18,5 million dollar to‘pladi
Foto: “Yandeks.ru”
“Forsaj-10” jangari filmi 17 may kuni dunyo bo‘ylab kinoprakatini boshladi va dastlab 15 da davlatda namoyish etildi. Universal Pictures kinostudiyasining to‘liq natijalari yaqin kunlarda taqdim etiladi, biroq hozircha kinofilmning prokati Xitoy va Janubiy Koreyada qancha mablag‘ to‘plagani ma’lum bo‘ldi. Blokbaster Xitoyda seshanba kungi namoyishdan so‘ng 2,73 million dollar, chorshanba kuni esa 14,71 million dollar daromad oldi.
 
Kinokartina shu vaqtga qadar kassada 17,44 million dollar to‘plagan. Ma’lumot o‘rnida, “Forsaj-9” filmining kassasi ikki yil avval namoyish etilgan ilk kunida 53 million dollar, premera haftasi oxirida esa 136,5 million dollarni tashkil qilgandi. Hozircha tomoshabinlarning o‘ninchi qismga sharhlari to‘qqizinchi qismdagiga qaraganda ancha yaxshiroq, biroq “Forsaj-8”ga qaraganda pastroq (loyiha Maoyan portalida 10 balldan 9 ball, 2021 yilda 8,1 va 2017 yilda 9,3 ball bilan baholangan). Biroq, bu vaziyatda ham, chorshanbadan yakshanbagacha, ya’ni besh kun ichida loyihaning 70-80 million dollar ishlab topishi qiyin.
 
“Forsaj-10” filmi hozirga qadar 1,01 million dollar, Janubiy Koreyadagi prevyularni hisobga olganda 1,05 million dollar ishlab topdi. Filmning avvalgi qismi bayram kunlarida namoyish etilgan, shu sababli yo‘qotish juda katta. O‘ninchi qism 17 foiz to‘lov va 37 foiz sotilgan chiptalardagi yo‘qotish bilan o‘z o‘rnini “Forsaj-8”ga bo‘shatib berdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » “Forsaj-10” namoyish etilgan ilk kunidayoq Xitoy va Janubiy Koreyada 18,5 million dollar to‘pladi