“Daryo” muxbirlari xonanda Hamdam Sobirovning yakkaxon konsert dasturiga borib, sahna ortida otasi Bobomurod Sobirov bilan suhbatlashishdi.
— O‘g‘limning konsertiga kelganda undan ham ko‘proq men hayajonlansam kerak. Alloh menga uch qiz va bir o‘g‘il farzand bergan. Afsuski, bu kunlarni ko‘rish onasi rahmatliga nasib etmadi. O‘g‘lim sabab yaqinda Umra safariga borib keldim. Shunday o‘g‘ilni bergani uchun Allohga hamd aytaman.
“Aslida san’at oilamizga begona emas. Onasi rahmatli Navoiydagi amfiteatrda rejissyor bo‘lib ishlagan. Tog‘alari ham to‘y-xizmatlarda qo‘shiq aytishadi. Men ham oz-moz qo‘shiq xirgoyi qilib turaman. Oiladagi muhit sabab, Hamdamjon ham musiqa maktabida tahsil oldi. Undan keyin Navoiydagi san’at kollejida tahsil oldi. So‘ng Toshkentga kelib, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat institutiga hujjat topshirdi. Test javoblari chiqqan kuni qo‘ng‘iroq qilib “Dada, shartnoma asosida o‘qishga kiribman”, dedi. “Nima bo‘lsa ham, o‘qiysan”, dedim. Shartnoma asosida farzandini o‘qitish oson emasligini ota-onalar yaxshi bilishadi. Yaxshiki, ishxonamdan shartnoma pulini to‘lab berishardi va oyma-oy oyligimdan olib qolishardi.
Hamdam o‘g‘lim osonlikcha bugungi kunga kelgani yo‘q. San’atda homiy bo‘lmasa, qiyin ekan. Bir chiqadi, keyingi safarga puli bo‘lmay, qo‘shiqlarini chiqarolmay qolgan kunlari ham bo‘ldi. Shukrki, qiyin kunlarining rohatini endi ko‘ryapti, — deydi xonandaning otasi Bobomurod Sobirov.
Keyingi paytlarda “Hamdam Sobirov yulduzlik kasaligi chalindi”, degan gapni ko‘p eshityapmiz. Bunday tanqidlarga dadasi qanday munosabatda ekanligiga qiziqdik.
— Men o‘g‘limga hamisha “Kerilganga keril boshing osmonga yetguncha. Egilganga egil boshing yerga tegguncha”, deb uqtiraman. Hamma bilan gaplashib, kim nim desa, shuni qilaversa, obro‘sini yo‘qotib qo‘yadi. Hamma joyda o‘z o‘rnini bilib yurishga harakat qiladi. Meni yoki singillarini bepisand qilmaydi. Hamma bilan munosabati yaxshi, — deydi Bobomurod Sobirov.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»