Gulsanam Mamazoitova bugungi yutuqlarining sababi nimadaligini aytdi

O‘zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova bugun eng oshig‘i olchi xonandalardan biri. Davlat ahamiyatiga molik katta bayram tadbirlari uning ishtirokisiz o‘tmaydi. Xonanda bugungacha erishgan muvaffaqiyatlarining siri nimada ekanini ma’lum qildi.
“El ardog‘ida bo‘lish, sevilish, to‘kis baxtga ega erishish, ijodda bir emas, bir qancha yutuqlarga erishishning kaliti – bu halollik va samimiylikda. Hayotni qadrlang!”, deb yozadi Gulsanam Mamazoitova o‘zining Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga.
Haqiqatan ham Gulsanam Mamazoitova o‘tgan yillar davomida samimiyligi va to‘g‘ri yo‘ldan borgani, ustozlar etagini mahkam tutgani uchun ham xalq, ham san’at olami vakillari orasida obro‘ topdi, nazarga tushdi. Endigina ijodni boshlaganda ayovsiz tanqid qilinib, qo‘shiqlariyu, o‘zini tutishi O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonovaga tenglashtirilgan Mamazoitova o‘tgan davr mobaynida o‘zini topdi. Bugun unga havas qiladiganlar, uning yo‘lidan borayotganlar talaygina.
Ma’lumot uchun, 2004 yilda O‘zbekiston davlat konservatoriyasini tugatgan Gulsanam Mamazoitova 2004 yilda “Nihol” mukofoti bilan taqdirlandi. Harakatchan xonandaning mehnatlari nazarga tushdi va 2006 yilda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, 2013 yilda O‘zbekiston xalq artisti unvoni bilan mukofotlandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing