date
views 168

Ed Shiran maktabga borib oʻquvchilarga gitara va kontsertiga chipta sovgʻa qildi (video)

Foto: “Yandeks.ru”

Ed Shiran Florida shtatida joylashgan maktabda boʻlib oʻtgan repetitsiya jarayonlarida ishtirok etdi. Xonanda Middlton oʻrta maktabi oʻquvchilari uchun kichik kontsert uyushtirdi, shuningdek, ularga gitara va kontsertiga chipta sovgʻa qildi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Shiranning maktabga borgani aks etgan video tarqaldi. Oʻrta maktab oʻquvchilari uning qoʻshiqlaridan birini oʻrganayotgan paytda musiqachi gitara bilan sinfga kirib kelgan. Oʻquvchilar mashgʻulotlarga shunchalik ishtiyoq bilan kirishib ketganki, xonandaga uncha e'tibor bermagan.

Men nima boʻlayotgani haqida koʻp oʻylay olmadim, chunki biz chalinayotgan qoʻshiqqa e'tibor qaratishimiz kerak edi. Biroq tugatganimizdan soʻng ‘Bu — Ed Shiran’, dedi oʻquvchilardan biri”, — deydi xonanda.

Ed dirijyorning oʻrnini egallagan, oʻquvchilar bilan salomlashgan va ular uchun bir nechta qoʻshiq kuylash uchun kelganini aytdi. Shuningdek, u maktab oʻquvchilariga sovgʻa sifatida bir nechta gitara va kontsertiga chiptalar olib kelganini ham ta'kidlagan. “Ertaga stadionda kontsert beraman, menda barchangiz uchun chiptalar bor”, — degan Ed.

Shundan soʻng Shiran Perfect qoʻshigʻini ijro etgan. Oʻquvchilar xonandadan dastxat olgan va uning oʻzi ham hamma bilan suratga tushgan. Shuningdek, Ed bir nechta oʻquvchilar bilan Photograph nomli xit taronasini ijro etgan.

Ed Shiran Thinking Out Loud qoʻshigʻi uchun mualliflik huquqini qoʻlga kiritganidan koʻp oʻtmay maktabga bordi. Sud san'atkor oʻz kompozitsiyasini yaratishda Marvin Geyaning Let’s Get In On qoʻshigʻining ohangidan foydalanmagan, deb qaror qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat