“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)

Qo‘rg‘on sirlari” seriali 2022-yilning kuzidan boshlab ekranlarda namoyish etildi. Loyihaning sujet markazida qiyinchiliksiz hayotni yaxshi ko‘ruvchi Ferit ismli yigit turadi. Kunlarning birida uning bobosi Xolis og‘a oiladagi isnodni yo‘qotish maqsadida nabirasini uylantirishga qaror qiladi. Yigitning oila a’zolari uni go‘zal, aqlli viloyatlik qiz Seyranga uylantirmoqchi bo‘lishadi. Biroq Seyranning turmush qurish niyati bo‘lmaydi, Ferit bu xabarni eshitib hayron qoladi. Quyida ko‘plab tomoshabinlarni ekran qarshisiga mixlab qo‘ygan serial aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida ma’lumot beriladi.

Afra Saracho‘g‘lu

Loyihada bosh rollardan birini Afra Saracho‘g‘lu ijro etgan. 25 yoshli aktrisa nafaqat kino sohasida, balki modellikda ham muvaffaqiyatga erishmoqda, u reklama roliklarida ishtirok etadi va turk jurnallarining muqovalari uchun suratga tushadi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Afra ilk bor ekranlarga “Ikkinchi imkoniyat” filmida Chichek ismli qiz roli bilan chiqdi va “Fazilat xonim va qizlari” serialida suratga tushishi bilan mashhur bo‘lib, “Ikkinchi plandagi eng yaxshi televideniye aktrisasi” nominatsiyasida Turkiya yoshlar mukofoti bilan taqdirlandi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Afraning muxlislari uning hamkasbi Mert Ramazon Demir bilan uchrashib yurgani, shu sababli aktyor sevgilisini tashlab ketganiga ishonishadi. “Qo‘rg‘on sirlari” loyihasi ustida ishlayotgan Mert va Afra o‘rtasida sevgi uchquni paydo bo‘ldi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Biroq, hozirda aktrisa hech kim bilan uchrashmaydi va shaxsiy hayotini sir saqlashga harakat qiladi.

Mert Ramazon Demir

Hozirda 25 yoshda bo‘lgan aktyor Mert Ramazon ham serialda bosh rollardan birini o‘ynagan. Aktyor loyihada beparvo yigit Ferit rolini gavdalantirdi. Mert bu loyihadan oldin ham ko‘plab mashhur filmlarda suratga tushgan, biroq u aynan shu serial orqali mashhur bo‘ldi. Masalan, u “Qurilish: Usmon”, “Shahraman” va “Ustoz” loyihalarida suratga tushdi va “Ko‘sem” serialida debyut qildi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Demir o‘smirlik chog‘ida umuman aktyor bo‘lmoqchi emasdi, uni futbol va basketbol ko‘proq qiziqtirardi. Kunlardan bir kun aktyor “Gamlet”ni o‘qishga shunchalik berilib ketdiki, u ushbu rolni ijro etib ko‘rmoqchi bo‘ldi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Mertning aktyorlik faoliyati shu tarzda boshlangan. U suratga olish jarayonlaridan oldin unumli ishga moslashish va keraksiz hayajonni yengish uchun klassik musiqa tinglaydi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Gulchin Santirjio‘g‘lu

45 yoshli aktrisa Gulchin Santirjio‘g‘lu serialda Ferit otasining sevgilisi, beva ayol Ifakat rolini o‘ynagan. Izmirlik aktrisa musiqa sohasida tahsil olgan, u Dokuz Eylul universiteti konservatoriyasining opera qo‘shiqchiligi fakultetini tamomlagan va bir necha yil vokal o‘qituvchisi bo‘lib ishlagan.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Gulchin serialning musiqiy ishlari bilan ham shug‘ullangan. Shuningdek, u “Istiqbolli aktrisa” nominatsiyasida mukofot sohibasi bo‘lgan. Santirjio‘g‘lu 42 yoshida, “Beqaror” serialining suratga olish ishlarida ishtirok etganidan keyin mashhurlikka erishgan va “Qo‘rg‘on sirlari” loyihasidan keyin yanada mashhurroq bo‘ldi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Qiziq fakt: Gulchin turmush qurganiga qaramay, farzandli bo‘lishni xohlamaydi. Shu sababli, u do‘stlari va tanishlaridan salbiy fikrlarni eshitadi.

Emre Altug‘

Emre serialda Ferit O‘rxonning otasi rolini ijro etgan. Aktyor Istanbul universiteti Davlat konservatoriyasining teatr fakultetini tamomlagan, biroq Altug‘ning hayoti faqat kino bilan bog‘liq emas.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Emre musiqaga qiziqadi va uning bir nechta yakkaxon xonanda sifatida chiqargan musiqiy albomlari bor. Uning birinchi albomi 1998-yilda chiqarilgan “Ibreti Alem” edi.

Beril Pozam

Turk kino olamining yana bir go‘zal aktrisalaridan biri — 28 yoshli Beril Pozam. U “Qo‘rg‘on sirlari”da Kazim va Esmening to‘ng‘ich qizi Suna rolini ijro etgan. Uning qahramoni singlisi va onasini shunchalik yaxshi ko‘radiki, ular uchun hamma narsaga tayyor bo‘ladi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Beril o‘zining filmdagi debyutini “Avm Sakini” veb-serialidagi roli bilan boshlagan. Ushbu kichik rol tufayli rejissorlar Pozamdagi potentsialni payqadi va uni “Oshkor qilingan muhabbat” teleserialida suratga tushishga taklif qildi, aktrisa ushbu loyihada Nazmi rolini ijro etdi.

Qiziqarli fakt: aktrisa ingliz va nemis tillarini yaxshi biladi, faol hayot tarzini yaxshi ko‘radi. U yoga, suzish va stol tennisi bilan shug‘ullanadi.

Gezde Kansu

Gezde Kansu “Qo‘rg‘on sirlari” serialida O‘rxonning xotini, Feritning onasi Gulgun rolini o‘ynagan.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Aktrisa tasviriy san’at fakultetining teatr bo‘limida o‘qiyotgan paytda balet va musiqaga mehr qo‘ygan. Uning ishtirokidagi birinchi loyihalar — “Sevgi simfoniyasi” va “Mening orolim” seriallari bo‘ldi, aktrisa “So‘yla, Qoradengiz” loyihasining ham barcha mavsumida ishtirok etgan.

Dogukan Po‘lat

33 yoshli aktyor loyihada Feritning akasi rolini ijro etgan. Ukasidan farqli o‘laroq, uning qahramoni oilaning unga bo‘lgan umidlarini oqlashga harakat qiladi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

Ma’lumotlarga ko‘ra, Po‘lat sotsiologiya fakultetini tamomlagan va ikkinchi ta’lim sifatida aktyorlikni tanlagan. Dogukan bir necha bor reklama roliklarida rol ijro etgan va kinodagi debyutini 2009-yilda “Nafas: Yashasin Vatan” loyihasidagi roli bilan boshlagan. Aktyor sayohat qilishni va sportni yaxshi ko‘radi.

Hulya Duyar

Serialda Duyarni Yala oilasining oshpazi Shefiki roli bilan tanib olish mumkin. Uning turmush o‘rtog‘i vafot etgan, aktrisa shundan keyin boshqa oila qurmagan. U uydagi barcha sirlarini biladi, biroq ularni hech kimga bildirmaydi.

“Qo‘rg‘on sirlari” seriali aktyorlarining shaxsiy hayoti haqida nimalar ma’lum? (foto)
Foto: “Yandeks.ru”

52 yoshli Hulya faoliyatini grim ustasi sifatida boshlagan, keyinchalik unga o‘zini aktrisalikda sinab ko‘rish taklif qilingan. Masalan, u 2001-yilda “Jinoyat krossvordi” nemis serialida, 2013-yilda esa “Himoyachi” fantastik loyihasida rol o‘ynagan.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar