22:24 / 19.07.2023
334

Boney M, Ottawan, Dr Alban'ning Andijonga tashrifi qanday o‘tdi? (foto, video)

Boney M, Ottawan, Dr Alban'ning Andijonga tashrifi qanday o‘tdi? (foto, video)

O‘zbekistonga kelgan Boney M, Ottawan, Dr Alban Xonobodda daraxt ekdi va konsert dasturi bilan chiqish qildi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar berdi.

Andijon viloyatining Xonobod shahrida “Dunyo sadolari” xalqaro milliy estrada san’ati festivali bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirga tashrif buyurgan Boney M, Ottawan, Dr Alban daraxt ekish marosimida ishtirok etishdi.

Kecha festivalning ochilish marosimi ham o‘tkazildi. Shuningdek Boney M, Ottawan, Dr Alban tomonidan konsert dasturi tashkil etildi.

Eslatib o‘tamiz “Dunyo sadolari” festivali 18-19-20 iyul kunlari Xonobod shahrida bo‘lib o‘tadi. Unga eksklyuziv mehmon sifatida Dr. Alban,   Fly Project, Boney. M, Nahida Babashli, Gafur, Rakhim va Ottawan taklif etilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Boney M, Ottawan, Dr Alban'ning Andijonga tashrifi qanday o‘tdi? (foto, video)