date

Gollivudning eng kassabop aktrisasi aniqlandi

Gollivudning eng kassabop aktrisasi aniqlandi

31 yoshli Skarlett Yoxansson kinematografiya tarixidagi eng kassabop aktrisalar ro‘yxatida birinchi bo‘ldi. Bundan tashqari, 10 nafar eng ko‘p foyda olib kelgan aktyorlar ro‘yxatida yagona ayol sifatida e’tirof etildi. Bu haqda “In Style”ga asoslanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.

Skarletning ro‘yxatda bunday yuqori o‘ringa chiqishiga Marvel kinostudiyasining bir qator komikslari yordam berdi. Yoxansson suratga tushgan filmlar so‘nggi o‘n yildan ortiq vaqt ichida, birgina AQShning o‘zida 3.3 mlrd dollar to‘pladi.

Aktrisalar orasida reytingda Skarlettga eng yaqin o‘rinni Kemeron Dias oldi. U ro‘yxatning 19 pog‘onasini band etdi. Eng ko‘p foyda keltirgan aktyorlar reytingida Xarrison Ford (4.87 milliard) birinchi bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarni Semyuel L. Jekson (4.65 milliard) va Morgan Friman (4.43 milliard) egalladi. Ro‘yxatning keyingi o‘rinlarida Tom Xenks (4.34 milliard), Robert Dauni-kichik (3.94 milliard), Eddi Myorfi (3.81 milliard), Tom Kruz (3.59 milliard), Jonni Depp ( 3.37 milliard) va Maykl Keyn (3.34 milliard) kabi aktyorlarni ko‘rishimiz mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Gollivudning eng kassabop aktrisasi aniqlandi