19:19 / 31.07.2023
128

Urgutda tarixiy obidalarga 9 mlrd. so‘mlik zarar yetkazildi

Urgutda tarixiy obidalarga 9 mlrd. so‘mlik zarar yetkazildi

Samarqand viloyati Urgut tumani “Mingtepa” va “Quyiqishloq” mahallalarida joylashgan tarixiy yodgorliklarga 9 mlrd. so‘mlik zarar yetkazildi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, Urgut tumani "Mingtepa" mahallasida joylashgan “To‘lqirtepa-1” arxeologiya yodgorligining 163 m3 hajmdagi yer maydoni maxsus texnika yordamida kovlab olinib, tarixiy obyektga 4 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, ushbu tumanning “Quyiqishloq” mahallasida joylashgan o‘rta asrlarga oid “Teshiktepa”, “Dehqonobod” mahallasidagi “Qulqishloqtepa-2” va “Ogahiy” mahallasidagi “Mozortepa” arxeologiya obyektlari qisman buzilishi oqibatida jami 5 mlrd. so‘m zarar yetkazilgan.

Tekshirishlar natijasiga ko‘ra jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Prokuratura ma’lumotiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksida mazkur jinoiy qilmishlar og‘ir jinoyat hisoblanib, aybdor shaxslarga nissbatan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilishi mumkin.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Urgutda tarixiy obidalarga 9 mlrd. so‘mlik zarar yetkazildi