date

Ali Otajonov turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini ommaga taqdim etdi

Ali Otajonov turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini ommaga taqdim etdi

Xushovoz xonanda Ali Otajonov shu vaqtgacha turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratlarida uning yuzini yashirib, ommadan berkitib kelardi. U bu an’anaga nuqta qo‘ydi, deb yozmoqda "Qalampir" sayti. Xonanda bugun Instagram’dagi shaxsiy sahifasiga turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini joylashtirib, uni tavallud kuni kuni bilan tabrikladi.

“Hayotingdagi va xayolingdagi inson bir bo‘lsa, dunyodagi eng baxtli insonlardansan. Mening baxtimsan! Seni Olloh uchun sevaman. Tug‘ilgan kuning muborak bo‘lsin”, deb yozadi Otajonov.

Ali Otajonovning yozganlariga nisbatan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari va o‘zbek shou-biznesining taniqli vakillari o‘z izohlarini qoldirishar ekan, Ali va Gavharning bir-biriga juda mos ekanini alohida ta’kidlab, ikki yoshga baxt tilashmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Ali Otajonov turmush o‘rtog‘i bilan tushgan suratini ommaga taqdim etdi