00:58 / 08.09.2023
1 263

Munisa Rizayevaning “yil to‘yi” sifatida e’tirof etilayotgan dabdabali nikoh oqshomidan reportaj (foto, video)

Munisa Rizayevaning “yil to‘yi” sifatida e’tirof etilayotgan dabdabali nikoh oqshomidan reportaj (foto, video)

7 sentyabr kuni “Zo‘r TV” telekanalining pavilonida xonanda Munisa Rizayevaning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi. Xonandaning to‘yi uchun pavilonda maxsus dekoratsiya qurildi. Ijtimoiy tarmoqlarda ushbu kecha “yil to‘yi” sifatida e’tirof etilmoqda.

Yoshlar dastlab poytaxtdagi mehmonxonalardan birida fotosessiya o‘tkazdi. Vayner Liil Xurramov fotosessiya jarayonidan videoreportaj tayyorladi. Uning aytishicha, Munisa o‘ta og‘ir ko‘ylak kiygani tufayli uning harakatlanishiga 6 nafar qiz yordam berib turgan.

Kelin pavilonga Ozoda Nursaidovaning so‘zlari o‘zgartirilgan “Yor-yor” qo‘shig‘i sadolari ostida kirib keldi. Uni kuyovning yoniga otasi kuzatib qo‘ydi.

O‘zbekiston xalq artisti Farrux Zokirov to‘yni ochib berdi va yoshlarga baxt tiladi.

Munisa va Arseniyni tabriklash uchun o‘zbek shou-biznesining ko‘plab taniqli vakillari, shuningdek rossiyalik xonanda Leonid Agutin ham tashrif buyurdi. Kelin-kuyov Agutinning xit qo‘shiqlariga yaqinlari bilan raqsga tushishdi.



Munisa Rizayeva, Nikoh to‘yi, Yil to‘yi

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Munisa Rizayevaning “yil to‘yi” sifatida e’tirof etilayotgan dabdabali nikoh oqshomidan reportaj (foto, video)