10:44 / 04.10.2023
91

Buxoroda Samarqanddagi «Boqiy shahar»ga o‘xshash tarixiy-etnografik bog‘ barpo etiladi

Buxoroda Samarqanddagi «Boqiy shahar»ga o‘xshash tarixiy-etnografik bog‘ barpo etiladi

RIA «Novosti» axborot agentligi tomonidan «Buxoroning sayyohlik jozibadorligi» sarlavhali maqola tarqatildi, deb xabar bermoqda «Dunyo».

«Ko‘hna Buxoroda yaqin kunlarda Samarqanddagi «Boqiy shahar»ga o‘xshash tarixiy-etnografik bog‘ barpo etish rejalashtirilgan, - deyiladi maqolada. - Bugungi kunda Buxoro viloyatida 183 ta sayyohlik obyekti mavjud bo‘lib, ularning 132 tasi tarixiy va madaniy obidalar, 21 tasi ekologiya va qishloq xo‘jaligi markazlari, 14 ta hunarmandchilik markazlari, to‘rtta vino degustatsiyalari maskanlaridir».

RIA «Novosti»da Buxoro shahrida har yili «Ipak va ziravorlar», «Zardo‘zlik va zargarlik buyumlari» kabi festivallar o‘tkazilishi hamda gastronomik turizm keng rivojlanayotgani ma’lum qilindi.

«Eski shahardagi deyarli barcha restoranlarda milliy taomlar sayyohlarga taklif qilinadi, – deyiladi maqolada. – Buxoroda ko‘payib borayotgan rossiyalik sayyohlar iltimosiga ko‘ra, mehmonxonalar nafaqat nonushta, balki sozandalar, xonandalar va raqqosalarning chiqishlari ham uyushtirmoqda».

Agentlik, shuningdek, joriy yilning o‘zida Buxoroda 15 ta yangi mahalliy sayyohlik tashkiloti ochilgani, gidlar soni ayni paytda uch yuzdan ko‘proqni tashkil etishini qayd etgan.

«Siz Rossiyaning bir qancha shaharlaridan, jumladan, Moskva, Nijniy Novgorod, Qozondan to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar orqali Buxoroga uchishingiz mumkin. Chipta narxi bir tomonga o‘rtacha 13 ming rublni tashkil qiladi, chegirmalar ham mavjud», – deb yozilgan RIA «Novosti» tomonidan e’lon qilingan maqola intihosida.


arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Buxoroda Samarqanddagi «Boqiy shahar»ga o‘xshash tarixiy-etnografik bog‘ barpo etiladi