Qandaydir sabablar tufayli mashhur obrazlardan quruq qolgan taniqli aktrisalar

Qandaydir sabablar tufayli mashhur obrazlardan quruq qolgan taniqli aktrisalar

Yaxshi tanlangan aktyorlar tarkibi film muvaffaqiyatining yarmi degani. Odatda tomoshabinlar uchun kastingning barcha qiyinchiliklari sahna ortida qoladi.

Karen Allen — Juliya Roberts (Vivian, “Sohibjamol”)

Qandaydir sabablar tufayli mashhur obrazlardan quruq qolgan taniqli aktrisalar
Foto: AdMe

“Sohibjamol” rejissori Garri Marshall “Indiana Jons” filmida suratga tushgan Karen Allenni bosh qahramon sifatida ko‘radi. Ammo aktrisa ko‘plab yulduz hamkasblari singari bu rolni rad etadi. Ba'zilarning jadvallari esa juda tig‘iz bo‘lgan, boshqalari esa bunday rol karyeralarini buzishidan qo‘rqishgan. Natijada ekranda sevimli Juliya Roberts paydo bo‘ldi.

Fahriye Evjen — Maryam Uzerli (Xurram, “Muhtasham yuz yil”)

Qandaydir sabablar tufayli mashhur obrazlardan quruq qolgan taniqli aktrisalar
Foto: AdMe

“Muhtasham yuz yil” filmidagi bosh rolga mos aktrisa 8 oy davomida qidiriladi. Suratga olish boshlanishiga sanoqli kunlar qoladi. Serial ijodkorlari uchun Turkiyada turkchani mukammal biladigan va ayni paytda turk bo‘lmagan ayol rolini o‘ynay oladigan aktrisani topish qiyin edi. Aynan kasting yordamida serial ijodkorlari Maryam Uzerli haqida bilib, uni Berlindan Istanbulga taklif qilishadi. Kastingdan so‘ng serial ijdkorlari Xurram roliga mos aktrisa topilganini tushunishadi. Turk matbuotida Xurram sulton roliga nomzodlardan biri “Choliqushi” seriali bilan tanilgan Fahriye Evjen ekanligi haqida mish-mishlar ham tarqaladi.

Letisiya Spiler — Jovanna Antonelli (Jadi, “Klon”)

Qandaydir sabablar tufayli mashhur obrazlardan quruq qolgan taniqli aktrisalar
Foto: AdMe

“Klon” filmidagi Jadi roliga Letisiya Spiler mo‘ljallangan edi. Ilgari u “Nafis zahar” serialida yovuz qahramon Mariya Regina rolini o‘ynagan va juda mashhur bo‘lgan. Ammo aktrisa serialda ishtirok etishni rad etadi.

O‘sha paytda Jovanna Antonelli televideniyeda endigina ishlay boshlagan edi va Jadi roli uning karyerasidagi eng muhimlaridan biriga aylandi.

Sem Klaflin — Kit Xarington (Jon Snou, “Taxtlar o‘yini”)

Qandaydir sabablar tufayli mashhur obrazlardan quruq qolgan taniqli aktrisalar
Foto: AdMe

Sem Klaflin “Hayot-mamot o‘yinlari” filmida rol o‘ynashdan oldin “Taxtlar o‘yini” filmida qatnashishni xohlaygan. U Vizeris Targeryen roli uchun kastingdan o‘tadi. Ammo unga Jon Snou roli beriladi.

Tea Leoni — Jennifer Eniston (Reychel, “Do‘stlar”)

Qandaydir sabablar tufayli mashhur obrazlardan quruq qolgan taniqli aktrisalar
Foto: AdMe

Tea Leoniga darhol Reychel rolini taklif qilishadi, lekin u rad javobini beradi. Axir aktrisaga “Yalang‘och haqiqat” serialida bosh rol berilgan, “Do‘stlar” filmida Leoni esa qahramonlardan birini o‘ynashi kerak edi. Qiziq tomoni shundaki, “Yalang‘och haqiqat” 3 fasl, “Do‘stlar” esa 10 fasl davom etgan.

Shunga qaramay, Reychelning roli darhol Jennifer Enistonga berilmaydi. Avval bu rol Kortni Koksga taklif qilingan, biroq u Monika rolini o‘ynashni xohlagan. Boshqa taniqli da'vogarlar orasida Jeyn Krakovski, Elizabet Berkli va Tiffani Tissen bor edi.

Oyku Chelik — Maryam Uzerli (Xurram, “Muhtasham yuz yil”)

Qandaydir sabablar tufayli mashhur obrazlardan quruq qolgan taniqli aktrisalar
Foto: AdMe

Agar Maryam Uzerli Xurram roliga mos kelmaganida, Oyku Chelik bu rolga tasdiqlangan bo‘lardi. Biroq keyinchalik intervyusida ssenariy muallifi Meral Okay Xurramni Maryam Uzerlidan boshqa hech kim o‘ynay olmasligini va u bu rolda boshqa hech kimni tasavvur qilolmasligini aytadi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar