date

Shahzoda Muhammedova avtomobil boshqarayotganda boshqa ishlar bilan band bo‘lishini tan oldi

Shahzoda Muhammedova avtomobil boshqarayotganda boshqa ishlar bilan band bo‘lishini tan oldi

Aktrisa va dizayner Shahzoda Muhammedova o‘zining qoidabuzar haydovchi ekanligini tan oldi, deb yozmoqda "Darakchi" nashri.

U doim shoshilganidan avtomobil harakati vaqtida qo‘rqmasdan boshqa ishlar bilan bemalol shug‘ullana olishini ta’kidladi.

O‘zining “Instagram”dagi sahifasida aktrisa shunday deb yozadi:

“Doim shoshilib yuraman, shoshilib ish qilaman, hech nimadan qo‘rqmayman. Har bir soniyamni, vaqtimni qizg‘anganimdan, ishlarim ko‘pligi sababli bir vaqtda rulda ovqatlanib, rulda makiyaj qilib, sochimni turmaklab ketaman. Buning uchun YPX xodimlaridan uzr so‘rayman.”

Mazkur izohga xulosa tarzida Shahzoda bunday harakatni tavsiya etmasligini ham aytib o‘tgan.

Labiga bo‘yoq surib ketayotgan aktrisaning surati avtomobil harakatlanayotgan vaqtda olingani ko‘rinib turibdi.

Shu o‘rinda aktrisa va u kabi haydovchilarga bunday harakat nafaqat ularning balki yo‘l harakatining boshqa ishtirokchilari, xususan piyodalarning hayotiga xavf solishi mumkinligini unutmasligini ham eslatib qo‘yishni joiz deb topdik. Zero, yo‘l-transport harakatida har soniya inson hayotini hal qilishi mumkinligini unutmaslik lozim!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Shahzoda Muhammedova avtomobil boshqarayotganda boshqa ishlar bilan band bo‘lishini tan oldi