date

Dilfuza Ismoilova shaxsiy hayotidagi xushxabarni oshkor etdi

Dilfuza Ismoilova shaxsiy hayotidagi xushxabarni oshkor etdi

Bugun, 1 avgust kuni taniqli xonanda va aktrisa Dilfuza Ismoilova hayotidagi quvonchli voqea haqida ijtimoiy tarmoqlardagi shaxsiy sahifasi orqali xabar berdi, deb yozmoqda "Qalampir.uz" nashri. Ismoilovaning ma’lum qilishicha, u yana bir bor buvilik baxtiga muyassar bo‘lgan.

“Yaratganga shukur, yana nabirali bo‘ldim. Qiz! Umri bilan, rizqi bilan bergan bo‘lsin”, deb yozadi Ismoilova.

Xonandaning “Qalampir.uz” muxbiriga ma’lum qilishicha, u uchinchi bor buvi bo‘lgan. Bundan avval, xonandaning katta o‘g‘li Sardor va qizi ham o‘g‘illi bo‘lishgan edi. Kenja o‘g‘li Sarvar esa qiz farzand ko‘rgan. Chaqaloqqa Farangiz deb ism qo‘yildi.

Fursatdan foydalanib, tahririyatimiz nomidan Dilfuza Ismoilovani yana bir bor nabirali bo‘lgani bilan muborakbod etamiz. Ayni damda buvilik gashtini surayotgan xonandaning kelgusidagi ijodi ham shunga yarasha bo‘ladi, deb umid qilamiz.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Madaniyat » Dilfuza Ismoilova shaxsiy hayotidagi xushxabarni oshkor etdi