09:18 / 22.11.2023
121

O‘zini turli obrazlarda sinab ko‘rishdan qo‘rqmaydigan aktyor va aktrisalar

O‘zini turli obrazlarda sinab ko‘rishdan qo‘rqmaydigan aktyor va aktrisalar

Aktyorning haqiqiy mahorati uning turli obrazlarni o‘ynay olishidadir. Garchi bu tashqi ko‘rinishni o‘zgartirishni va butunlay boshqa mimika hamda imo-ishoralarni o‘rganishni talab qilsa ham.

Ketrin O’Xara

 
Foto: AdMe

1990-yilda Ketrin O’Xara “Uyda yolg‘iz” filmida bosh qahramonning onasi rolini o‘ynaydi. “Lemoni Sniket: 33 baxtsizlik” filmida esa u makkor oftalmolog rolini ijro etadi.

Rami Malek

Foto: AdMe

“Muzeydagi tun” filmida Rami Malek qayta tirilgan fir’avn Akmenra sifatida paydo bo‘ladi. 2015-yildan 2019-yilgacha u “Janob robot” serialida sotsiofob dasturchi Elliot rolini o‘ynaydi. 2017-yilda “Kapalak” dramasida moliyaviy firibgar Lui Degas rolini ijro etadi.

Zoi Saldana

Foto: AdMe

2008-yilda Zoi Saldana “Nishon markazida” filmida televideniye muxbiri rolini o‘ynaydi va 5 yildan keyin u “Jahannam qahramoni” filmida irodali qiz Lena Teylor rolini ijro etadi. 2014-yilda “Galaktika qo‘riqchilari”da u g‘ayritabiiy kuchlar egasi Gamora sifatida qayta tug‘iladi. “Avatar: Suv yo‘li” filmida u Neytirining ajoyib qahramoniga aylanadi.

Anya Teylor-Joy

Foto: AdMe

2015-yilda Anya Teylor Joy “Atlantis” serialida juda g‘ayrioddiy obrazda chiqadi. “Emma” filmida u bosh qahramon Emma Vudxausga, “Qirolichaning yurishi” serialida esa iste’dodli shaxmatchi Bet Harmonga aylanadi. 2022-yilda u “Amsterdam” filmida beqiyos Libi Vouz rolida paydo bo‘ladi.

Robbi Koltreyn

Foto: AdMe

Mehribon Hagrid rolini o‘ynagan Robbi Koltreynni paxmoq sochlarisiz tasavvur qilish qiyin. Biroq 2012-yilda Charlz Dikkensning “Buyuk umidlar” romani asosida ishlangan filmda aktyor butunlay boshqa obrazda namoyon bo‘ladi: filmda u advokat Jaggers rolini o‘ynaydi.

Tomas Sangster

Foto: AdMe

2011-yilda “Superqahramonning o‘limi” filmi chiqadi, unda Tomas Sangster og‘ir kasallikka chalingan bola Donald rolini o‘ynaydi. Shu bilan birga, “Albatros” filmida oddiy bola Mark rolini o‘ynaydi. 2020-yilda “Qirolichaning yurishi” seriali chiqadi, unda Sangster dunyoga mashhur shaxmatchi Benni Uotts qiyofasida paydo bo‘ladi.

Xelena Bonem Karter

Foto: AdMe

Xelenani haqiqiy transformatsiya ustasi deb atash mumkin. “Katta baliq” filmida u qari jodugar timsolida paydo bo‘ladi. “Tost” filmida esa unga ovqat pishirishni bilmaydigan Potter xonim roli ishonib topshirilgan. “Alisa ko‘zguorti mamlakatida” filmida aktrisa Qizil qirolicha sifatida qayta tug‘iladi. “55 qadam” filmida u o‘z huquqlari uchun kurashgan Eleanora Rayz rolini o‘ynaydi.

Meril Strip

Foto: AdMe

“O‘rmondan yiroqda” filmida Meril Strip yovuz jodugarni, “Kichik ayollar”da u qahramonning xushmuomala xolasini, “Tepaga qarama” filmida beparvo prezident rolini o‘ynaydi. Bu ayol, albatta, har qanday odamga aylanishi mumkin.

Keyt Blanshett

Foto: AdMe

Vudi Allenning “Jasmin” filmida Keyt birdaniga o‘z mavqeyini yo‘qotgan zodagon ayol rolini o‘ynaydi. “Tor: Ragnaryok” filmida aktrisa Hela ma’budasi qiyofasida paydo bo‘ladi. “Kabuslar xiyoboni” filmida esa unga makkor shifokor Lilit Ritter roli ishonib topshirilgan.

Nikol Kidman

Foto: AdMe

“Mulen Ruj” musiqiy filmida Nikol Satin kabaresining yulduziga aylanadi. “Ko‘l tepasi” teleserialida u Juliya ismli ona rolini o‘ynaydi. “Ziyofatlarda qanday gaplashish kerak” filmida u pank guruhi menejeri qiyofasini sinab ko‘rdi. “Varyag” filmida esa u qirolicha Gudrun sifatida qayta tug‘iladi.

Jim Kerri

Foto: AdMe

Jim Kerri ham komedik, ham dramatik rollarni ijro etishda mohir. Aktyor har qanday tomoshabinlarni kuldira olishini “Beg‘ubor aqlning abadiy quyoshi”, “Trumen tomoshasi” va boshqa filmlar allaqachon isbotlagan. 2016-yilda u “Haqiqiy jinoyat” dramatik trillerida bosh qahramonni o‘ynaydi.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » O‘zini turli obrazlarda sinab ko‘rishdan qo‘rqmaydigan aktyor va aktrisalar