342
Keyt Uinslet: “Titanik” ortidan kelgan mashhurlik hayotiga salbiy ta’sir qilgani haqida
1997 yilda ekran yuzini ko‘rgan “Titanik” o‘z davrining eng qimmat kino loyihalari hisoblangan. Ushbu film ko‘pgina aktyor va aktrisalarni, jumladan Keyt Uinsletni ham dunyoga tanitgan. Ammo bu mashhurlik aktrisa hayotida yaxshi oqibatlarga olib kelmagan. Bu haqda u Net-a-Porter nashriga bergan intervyusida so‘zlab berdi.
Foto: Dzen
"Hayotimga ommaviy axborot vositalarining aralashuvi shu qadar kuchli ediki, o‘sha paytdagi yoqimsiz hislarni eslagim yo‘q",— deydi aktrisa. "Hamma mendan nega “Titanik” dan keyin bosh rollarda suratga tushmasligimni so‘rar edi. Men esa 20 yoshimda mashhurlikka erishib, uy sotib olishga muvaffaq bo‘ldim. Yanada mashhurlik meni qo‘rqitar edi", — deb qo‘shimcha qildi Uinslet.
Foto: Pinterest
"Bundan tashqari, odamlar meni tashqi ko‘rinishim ustidan kular: “Keyt semizligidan Jekka suv ustidagi eshikda joy yetmagan”, deyishardi. Biror rolga taklif etilsam, albatta vaznim haqida savol berishlari meni xafa qilardi. Natijada o‘zimga bo‘lgan ishonchim kamayib, tashqi ko‘rinishimdan uyalishni boshladim", — deydi aktrisa Keyt Uinslet.
Foto: Filmdan lavha
Keyt Uinslet, Titanik, Mashhurlik “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari