Foto: Mavink
Aktrisa Natali Portman Vanity Fair nashri bilan suhbatda Gollivud kino sanoatida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘layotgani haqida o‘z fikrlarini aytib o‘tdi:
"Avvallari kino sanoati madaniy xordiq chiqarishning asosiy turi hisoblanar edi. Endi esa kinoindustriya mahoratingiz va o‘ziga xosligingizni namoyon etish mumkin bo‘lgan yuqori ixtisoslashgan segmentga aylanib bormoqda. Agar siz farzandlarim tengi bolalardan kino yulduzlari haqida so‘rasangiz, ular faqat YouTube yulduzlari va blogerlardan boshqasini deyarli tanimaydi", — deydi 12 yoshli Alef va 7 yoshli Amaliyani tarbiyalayotgan Portman.
Shu bilan birga, “Leon” va “Vendetta inqilobi” filmlarining yulduzi bunday o‘zgarishlarning ijobiy tomonlari ham bor ekanini ta’kidladi:
"Film san’ati mashhur bo‘lmay qolganida o‘ziga xos erkinlik bor. Siz ushbu sohaga chinakamiga qiziqasiz. Bu ko‘proq ishtiyoqqa bog‘liq bo‘lib, tijoriy maqsadlardan ustunroq turadi".
Aktrisa Natali Portman ishtirokidagi so‘nggi roli Netflix'ning “May, dekabr” filmidir. Ushbu drama rejissyor Todd Haynes tomonidan suratga olingan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”