23:00 / 11.03.2024
291

Emma Stoun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi uchun “Oskar”ni olish chog‘ida yig‘lab yubordi

Emma Stoun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi uchun “Oskar”ni olish chog‘ida yig‘lab yubordi
Foto: Noviy ochag
Emma Stoun grek rejissyori Yorgos Lantimosning “Sho‘rlik baxtsizlar” fantastik filmidagi ijrosi uchun ro‘yxatidagi ikkinchi “Oskar”ni qo‘lga kiritdi.

Asar Alasder Greyning romaniga asoslangan fantastik komediya bo‘lib, filmda aktrisa Bella Bakster rolini ijro etgan. Uning rejissyori Yorgos Lantimos asli gretsiyalikdir. Bosh rollarni aktyorlardan Mark Ruffalo, Uillyam Defo va Rami Yussef ijro etgan. Emma Stoun filmda tug‘ilmagan chaqalog‘ining miyasi ko‘chirib o‘tkazilgan ayol rolini o‘ynagan.

Foto: Noviy ochag
“Eng yaxshi aktrisa” nomzodligida Emma Stounning raqobatchilari Annett Bening (“Nayad”), Lili Gladstoun (“Gulli oy qotillari”), Keri Malligan (“Maestro”) va Sandra Xyuller (“Qulash anatomiyasi”) kabi aktrisalar edi. Bu g‘alaba Stoun karerasidagi ikkinchi “Oskar”dir. Ilgari u “La La Lend” musiqiy filmidagi roli uchun ham “Oskar” olgan edi.

Foto: Mavink
Bundan tashqari, aktrisa ikki marta “Ikkinchi plandagi eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasida 2015 yilda “Birdman” va 2019 yilda “Favoritka” filmlari uchun nomzod bo‘lgan, ammo g‘olib bo‘lmagan.

Joriy yilda Emma Stoun “Sho‘rlik baxtsizlar” filmi uchun bir qator mukofotlarni, jumladan, BAFTA va “Oltin globus” ni qo‘lga kiritdi.

“Ko‘ylagim yirtilib ketgan edi! Menimcha, bu Rayan Goslinning I'm Just Ken qo‘shig‘i paytida sodir bo‘lgan”, — deya nutqini boshladi Emma Stoun. U asosiy raqibi Lili Gladstounga murojaat qilib:

“Sizdek aktrisaga men katta hurmat bilan boqaman. Birga ishlash men uchun sharaf”, — dedi aktrisa va ko‘ziga yosh oldi.

Foto: Mavink
Emma Stoun “Sho‘rlik baxtsizlar” filmining aktyorlariga, jumladan rejissyor Yorgos Lantimosga minnatdorchilik bildirib: “Butun umrga sovg‘a bo‘lgan Bella rolini berganingiz uchun tashakkur”, — deydi.

Emma Stoun o‘z nutqining oxirida uch kundan keyin uch yoshga to‘ladigan qizi, ota-onasi va turmush o‘rtog‘iga rahmatlar aytdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Emma Stoun “Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi uchun “Oskar”ni olish chog‘ida yig‘lab yubordi