Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan rejissyor Zulfiqor Musoqov tomonidan suratga olingan «Hayrat» filmi Rossiyaning Yaroslavl shahrida o‘tkazilgan «Prosto xorosheye kino» kinofestivalida taqdirlandi. Bu haqda Kinematografiya agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
Mukofotni O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Rustam Sa’dullayev qabul qilib oldi.
Film rejissyori Zulfiqor Musoqov suratga olish guruhining barcha a’zolarini mukofot bilan tabrikladi.
«Bunda postanovkachi-operator Azizbek Arziqulov va ikkinchi operator Seyran Kovalov, postanovkachi-rassom Sergey Chufarnov Sergey Chufarnov, liboslar bo‘yicha rassom Mariya Soshina, ovoz operatori Vyacheslav Shin, bastakor Mariya Musakova, bosh rol ijrochisi Anvar Usmonov, aktyor Rustam Sa’dullayevlarning xizmatlari katta.
Shuningdek, marhum Sergo Sutyagin, Feruza Saidova, Shahnoza Valiyeva, Bobur Yo‘ldoshev, Fotih Jalolov, Nigora Karimboyeva, Otabek Musayev, film direktori Shuhrat Hamidullayev, yordamchilarim Muzaffar Shodiyev, Muattar Mirrajabova va qadrli «O‘ZBEKFILM» kinostudiyasining boshqa ko‘plab xodimlariga halol mehnati uchun minnatdorlik bildiraman», — dedi Zulfiqor Musoqov.
Ushbu fantastik kinokartinada bir ssenaristning hayotida yuz bergan kutilmagan hodisalarning ijtimoiy va psixologik tahlili aks ettirilgan.
Kinofestival 30 martga qadar davom etadi.
Hayrat, Zulfiqor Musoqov, kinofestival “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Ukraina Kursk oblastida egallab olgan hududlarining 40 foizdan ortig‘ini yo‘qotdi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”