13:54 / 31.05.2024
151

Saida Mirziyoyeva: "Ulug‘ Amir Yalangto‘shning hayot yo‘li barchaga ibratdir"

Saida Mirziyoyeva: "Ulug‘ Amir Yalangto‘shning hayot yo‘li barchaga ibratdir"
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Kecha Milliy kino saroyida Prezidentimiz tashabbusi bilan suratga olingan “Bahodir Yalangto‘sh” tarixiy badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Film Ashtarxoniylar davrida (XVII asr) yashab o‘tgan buyuk sarkarda, ilm-fan homiysi, dunyoga mashhur Registon maydonining asoschisi Amir Bahodir Yalangto‘shga bag‘ishlangan. Unda fidoyi ajdodimizning hayoti, siyosiy faoliyati, qahramonliklari haqida hikoya qilinadi.

"Filmni tomosha qilar ekanman, ulug‘ Amir Yalangto‘shning hayot yo‘li barchaga, xususan yoshlarimizga haqiqiy ibratdir, degan o‘y xayolimdan o‘tdi.

Jahongir Ahmedov boshchiligidagi ijodiy guruhning oldiga kino orqali tariximizni dunyoga yanada tanitish, xalqimizning milliy g‘ururini ko‘tarish kabi ezgu vazifalar qo‘yilgan edi. Nazarimda, “Bahodir Yalangto‘sh” filmi bu mas’uliyatli missiyani bajara oladi.

Film ijodkorlarini samimiy tabriklayman
", degan Mirziyoyeva.

Eslatib o‘tamiz, mazkur film rejissyor Jahongir Ahmedov bo‘lib, 3 yil davomida suratga olingan va bu jarayonlarda katta jamoa ishlagan.

Saida Mirziyoyeva, Bahodir Yalangto‘sh, Amir Yalangto‘sh, tarixiy badiiy film

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » Saida Mirziyoyeva: "Ulug‘ Amir Yalangto‘shning hayot yo‘li barchaga ibratdir"