Shubhasiz, hujjatli va ilmiy-ommabop filmlar kognitiv qobiliyatlarni rivojlantiradi, ammo boshqa janrlar haqida nima deyish mumkin? Psixolog Denis Dolgov turli kino janrlarining miya faoliyatiga ta’siri haqida ma’lumot beradi.
Komediyalar
Bunday filmlarni tomosha qilganda odamdan baxt gormonlari – endorfinlar ajralib chiqadi va bu bizni kuldiradi. Endorfinlar hissiy holatingizni yaxshilashdan tashqari, immunitet tizimini mustahkamlaydi. Merilend universiteti tadqiqotchilari komediya tomosha qilish qon tomirlarining 22 foizga kengayishiga sabab bo‘lganini aniqlashgan. Bundan xulosa qilish mumkinki, kulgi miyaga qon oqimini oshiradi, bu esa miya faoliyatini yaxshilaydi.
Dahshatli filmlar
Katta tortishuvlarga sabab bo‘lgan janr. Ba’zilar uchun bu kundalik hayotda yetishmayotgan adrenalin darajasini oshirish imkoniyatidir. Shu bilan birga, boshqalar qanchalik xohlamasin, qo‘rquv tufayli bunday filmlarni ko‘ra olmaydi. Boshqa tomondan, qo‘rqinchli filmni tomosha qilish tanaga yurak urish tezligini, qon bosimini va ter ishlab chiqarishni oshiradigan kimyoviy moddalarni chiqaradi. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, yaxshi qo‘rqinchli film tanaga muzli suvda suzish kabi foydali ta’sir ko‘rsatadi va bu janr muxlislari kamroq kasal bo‘lib, uzoq umr ko‘rishadi. Chunki o‘rtacha dozagi qo‘rquv metabolizmni tezlashtiradi, miya faoliyatini yaxshilaydi va kasalliklarga chidamlilikni oshiradi.
Dramalar
Fikrlashimizga boshqalardan ko‘ra ko‘proq ta’sir qiladigan janr. Dramani tomosha qilgandan so‘ng, o‘z hayotingiz va boshqalarga nisbatan xatti-harakatlaringiz haqida o‘ylay boshlaysiz. Dramalarni tomosha qilar ekanmiz, boshimizda millionlab fikrlar paydo bo‘ladi, odam kichik narsalarga ham ahamiyat bera boshlaydi. Ongsiz ravishda o‘zimizni dramalardagi qahramonlar bilan taqqoslaymiz. Agar yomon ish qilgan bo‘lsak, o‘zimizni yovuz qahramon sifatida ko‘ra boshlaymiz va harakatimizni oqlashga harakat qilamiz. Yoki aksincha, kichik gunohlarimiz uchun ham o‘zimizni qoralaymiz. Shuning uchun odamga biron bir muammoga e’tibor qaratgan bo‘lsa, dramalarni tomosha qilish tavsiya etilmaydi.
Umuman olganda, har qanday janr, agar u sifatli film bo‘lsa, u yoki bu tarzda miyani rivojlantiradi. Ammo maqsadingiz dam lish kunini pozitivlik va energiya bilan to‘ldirish bo‘lsa, har bir kishining xohishiga qarab yorqin komediya yoki dahshatli film tomosha qilishni tavsiya qilaman”, deydi Dolgov. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi