93
O‘zbekiston tarixiga oid noyob eksponatlar ilk bor Britaniya muzeylarida namoyish etiladi
Foto: Dunyo
Britaniyaning nufuzli The Guardian gazetasida "Asr ko‘rgazmasi: O‘zbekistondan Londongacha bo‘lgan Ipak yo‘li" sarlavhali maqola e’lon qilindi.
"Dunyo" xabariga ko‘ra, nashrda Britaniya muzeylarida ilk bor VII asrda yaratilgan olti metr uzunlikdagi monumental devoriy surat, shuningdek, VIII asrga oid fil suyagidan yasalgan dunyodagi eng qadimgi shaxmat doskasi kabi Samarqand muzeylari kolleksiyalaridan namunalar namoyish etilishi ta’kidlagan.
Ma’lum qilinishicha, eksponatlar joriy yilning sentyabr oyida ochiladigan ko‘rgazma uchun qadimiy Samarqand shahridan Britaniyaga yetkaziladi. "Tarixda birinchi marta O‘zbekiston muzeylaridagi eksponatlar Britaniyaga keltirilmoqda", deyiladi maqolada.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rgazmada 300 dan ortiq eksponatlar 29 ta milliy va xalqaro muassasalar tomonidan taqdim etiladi.
"Tuya, ot va fil minayotgan odamlar tasvirlangan olti metrli devoriy surat Samarqanddagi muzeyning "Elchilar zali"da joylashgan. 660 yillarga oid va 1960 yillarda topilgan ushbu qadimiy surat mintaqada yirik savdogarlar bo‘lgan qadimgi sug‘dlar tomonidan yaratilgan noyob san’at namunasidir", – deya ta’kidlagan The Guardian.
Maqolada, shuningdek, 2025 yilning fevraliga qadar davom etadigan ushbu ko‘rgazma chiptalari yaqin kunlarda sotuvga chiqarilishi xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Shavkat Mirziyoyev Rossiya bosh prokurori bilan uchrashuv o‘tkazdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Zelenskiy Putin borasida bayonot berdi: “Tinchlikni istaganlar yuziga tupurmoqda”
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
O‘mon sultonligi elchisi: «Urushlarni harbiy kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi»
Befoyda va qimmat: shifokorlar tavsiya etmaydigan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar
Putin Ukrainadagi obyektga ballistik raketa zarbasi berilganini e’lon qildi