13:25 / 18.07.2024
479

27 yildan buyon qayta-qayta ko‘rilganda ham ko‘pchilik payqamagan “Titanik” filmidagi xatolar

27 yildan buyon qayta-qayta ko‘rilganda ham ko‘pchilik payqamagan “Titanik” filmidagi xatolar
Jeyms Kemeronning “Titanik” filmi bir nechta rekordlarni o‘rnatdi va albatta jahon kinosining oltin kolleksiyasiga kirdi. Film rejissyori cho‘kib ketgan kema tarixini qayta tiklashga alohida sinchkovlik bilan yondashadi.

Biroq hayotda bo‘lgani kabi suratga olish maydonchasida ham perfeksionist bo‘lgan Kemeron filmida bir nechta xatolarga yo‘l qo‘ygan. Filmning yakuniy versiyasida noaniqliklar paydo bo‘lishi 20th Centuryt Fox Film Corporation studiyasi prodyuserlari tomonidan belgilangan filmni yetkazib berishning tig‘iz muddati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin.

Portret
Bir guruh tadqiqotchilar okean tubidagi “Titanik” vayronalari orasidan topgan qiz surati Jek hayotda chizgan narsalarga to‘g‘ri kelmaydi.

“Podtyajka”
Rouz Kaledon Xoklining qo‘riqchisi tomonidan qo‘llari quvurga kishanlangan Jekni qutqarish uchun keladi. Qahramon avvalgidek oq rangli keng ko‘ylak va “podtyajk”ali shim kiygan. U Rouzdan avval bolta bilan shkafga urishini, keyin esa kishanlarni uzishini aytadi. Rouz u aytgandek qiladi, ammo shkafni sindirib, Jek tomonga o‘girilganida Jekning shimidagi “podtyajkalar” g‘oyib bo‘ladi. Bunday holatda Jek ularni o‘zi yechib ololmasligi aniq.


Kulon
Hashamatli laynerda birinchi kechki ovqat paytida Rouz qallig‘i va onasining yonidagi stolda o‘tiradi. Egnida munchoqlar tikilgan ko‘ylak, bo‘yniga marjon taqib olgan. Keyingi kadrda, suvga sakrashga qaror qilganida Rouz kema bo‘ylab yuguradi — biroq uning bo‘ynidagi taqinchoq endi ko‘rinmaydi.


Bolta
Rouz layner koridoridagi oyna ortida turgan boltani ko‘radi. U bolta bilan Jekni ozod qila olishini tushunadi. Qiz oynani sindiradi, shundan so‘ng oynadan faqat bitta bo‘lak qolgani aniq ko‘rinadi. Keyingi kadrda, u boltani olganda himoya oynasining parchalari yana o‘z joyiga qaytadi.


Layner maketi
Film avvalida Rouzning qallig‘i Kaledon Xokli mashinadan tushgan kadrni ko‘rish mumkin. Avtomobil oynasi orqali orqa fonda qurilish havozalari ko‘rinadi — bu filmni suratga olish uchun o‘rnatilgan laynerning tugallanmagan maketi bo‘lgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Madaniyat » 27 yildan buyon qayta-qayta ko‘rilganda ham ko‘pchilik payqamagan “Titanik” filmidagi xatolar